NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Yurtimizda koronavirusga çaliniş, kasallikning yangi öçoqlari paydo böliş holatlarining kamaymayotgani aholidan kasallikka qarşi kuraş borasida örnatilgan karantin talablariga qatʼiy rioya qilişni taqozo qilmoqda. Tumanimizda bu boradagi ahvol muntazam nazorat qilinib, aniqlangan kamçiliklar böyiça profilaktik tuşuntiriş işlari muntazam olib borilayotir.
Şu yilning 22-iyunida Milliy gvardiya xodimi Marat Abdiyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi sanitariya epidemiologiya osoyiştalik xodimi Roxat Xojalapesov, tuman Içki işlar bölimi profilaktika inspektori Amangeldi Nagmetov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya nazorati boşqarmasi tuman filiali inspektori Norgul Atabayevalar iştirokida tumanimizda navbatdagi nazorat tadbirlari ötkazildi.
Qoraqalpoq hududiy elektr taʼminoti aktsiyadorlik jamiyatining tuman filialida koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşiş çora-tadbirlariga amal qiliniş holati örganilganida filial binosi kiriş eşigiga dezinfektsion töşama qöyilmagan, eşiklar tutqiçlari xlorli dezinfektsiyalangan mato bilan öralmaganligi maʼlum böldi. Idora xodimlarining va taşrif buyuruvçilarning kelib-ketişlari maxsus jurnalga qayd etilmagan, keluvçilarning tana haroratini ölçaş uçun teplovizor, antiseptik vositalar mavjud emasligi aniqlandi. Şuningdek, ayrim xodimlar tibbiy niqobsiz işlaşmoqda, karantin qoidalari haqida eslatmalar ham yöq, taşrif buyuruvçilar orasida oraliq masofa saqlanmayapti. Aniqlangan kamçiliklar böyiça korxona rahbari, xodimlariga tuşuntiriş işlari olib borildi va bayonnoma rasmiylaştirildi.
Çordara mahallasining “Ozodlik” köçasida joylaşgan Ravşan Otajonovaga qaraşli milliy şirinliklar va qandolat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökonda ham kiriş eşikka dezinfektson töşama qöyilmagan, eşik tutqiçlariga xlorli matolar bilan işlov berilmagan, karantin qoidalariga amal qiliş böyiça eslatmalar qöyilmaganligi aniqlandi. Xuddi şunday kamçiliklar “Buyuk Turon” köçasida joylaşgan “Ilhom xonqa” dökonida ham mavjudligi, sotuvçilar tibbiy niqob taqmasdan savdo qilişayotganligi uçun tadbirkorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Uşbu mahallada yangidan qurilayotgan binoda uç nafar fuqaro tibbiy niqob taqmasdan işlayotganligi aniqlanib, ularga profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi va maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Manğit Dehqon bozori atrofidagi oşxona-kafelar karantin qoidalariga zid ravişda faoliyat yuritayotgani yetmaganday, xizmatçilari maxsus kiyim, qölqoplarsiz xizmat körsatişayapti, tibbiy niqoblarni ham notöğri taqişgan. Bu haqda ham maʼmuriy bayonnoma tuzilib, tegişli tartibda javobgarlik belgilandi. Şuningdek, Buyum bozorida nazorat tadbirlari davom ettirilganida baʼzi sotuvçilar tibbiy niqobsiz faoliyat yuritayotganliklari, bozorga kelgan baʼzi fuqarolar niqobni qoidaga rioya qilmasdan taqsa, baʼzilari umuman niqobsiz yurişgani aniq böldi. Bozor kiriş eşigi oldiga maxsus dezinfektsion barer örnatilgan. Maxsus xodim şaxsiy himoya kiyim va teplovizor bilan taʼminlangan. Bozor içida joylaşgan Nodira Xudoyberganovaga qaraşli kiyim tikiş tsexi çevarlari esa tibbiy niqobsiz faoliyat yuritayotganliklari aniqlandi. Şuningdek, bozor hududida ham tibbiy niqobsiz harakatlanayotgan bir neça fuqarolar aniqlanib ogohlantirildi va profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi. Nazorat tadbirlari şuni körsatdiki, koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş çoralariga hamma ham birday amal qilmayapti.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf etilib, tinç-osoyişta kunlarga yetişni hammamiz ham çin köngildan istaymiz, şunga umid qilamiz. Buning uçun esa hamjihatlikda, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda kuraşişimiz lozimligini ham unutmaylik!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶