BILIMDON VA ZUKKO KITOBXON QIZ
Har yili ötkazilib kelinayotgan “Yoş kitobxon” körik-tanlovi yuksak bilimli va salohiyatli yoşlarni kaşf etiş imkonini bermoqda.
Mazkur tanlovning quyi bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan tumanimizdagi 56-sonli maktab öquvçisi Laylo Olimova özining zukkoligi, kuçli xotiraga egaligi bilan qatorasiga ikki yil – 2018 va 2019-yillarda “Yoş kitobxon” körik-tanlovining tuman bosqiçida mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi va tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 2018-yilda uçinçi, 2019-yilda esa faxrli 2-örinni egalladi.
– Buning uçun juda köp kitob öqişga töğri keldi, – deydi Layloxon öz taassurotlari haqida. – Muhimi, insonning xotirasi kuçli bölişi kerak.
Laylo Olimovaning eslab qoliş qobiliyati havasga loyiq. U har bir öqigan asaridan olgan taassurotlarini, hatto hozirgi zamon özbek adabiyotining yirik namoyondalaridan tortib, yoş qalamkaşlarning asarlari böyiça şaxsiy fikrlarini alohida daftarga qayd etib boradi. Navoiy, Bobur, Ogahiy, Fuzuliy, Erkin Vohidov ğazallarini juda tez yod oliş bilan birga har bir satrning mağzini çaqişga harakat qiladi.
Laylo nafaqat zukko kitobxon, balki özbek tili va adabiyotining bilimdonlaridan. U bir neça marta “Bilimlar bellaşuvi”ning tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi bölgan.
Layloxon bilan suhbatlaşsangiz aslo zerikmaysiz. Yoş kitobsevar qiz umumtaʼlim maktabini ham aʼlo baholarga tugatmoqda. 2019-2020-yilgi fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida özbek tili va adabiyoti fanidan 2-örinni egallagan Layloxon ayni paytda yetuk jurnalist böliş orzusida. Şeʼrlari, hikoyalari “Taraqqiyot közgusi” gazetasi sahifalari orqali yoritilib, allaqaçon öz muxlislarini topgan.
Biz zukko kitobxon, fikri teran, bilimdon qiz Layloxon Olimovaning orzulari yölidagi intilişlarida omad yor bölişini tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶