IJOD ILMINI EGALLAŞGA INTILAYoTGAN YoŞLAR
Umrida Adabiyot deb atalgan möʼjizakor olamga birrov kirmagan, bu olam taftini yurakdan his etib, heç bölmaganda bir-ikki satr öz şeʼri, hikoyasi yoki qatrasini bitib, zavqlanmagan inson bölmasa kerak. Çunki Adabiyotning sehrli kuçi qançalab asov köngillarni jilovlab, maʼnaviyat sarçaşmalariga oşno etgan, johil yuraklarni ilitgan, qahri qattiq qalblarda mehr-muhabbat gullarini undirgan. Şuning uçun inson borki, bu möʼjizakor olamga intiladi, intilaveradi.
Tuman gazetasi tahririyatida ilk iş faoliyatimni boşlagan kunim heç esimdan çiqmaydi. Gazetaning öşa paytdagi muharriri (Alloh rahmat qilsin), ustozimiz, Qorqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Gulnora opa Matyoqubova haftaning boşidagi “letuçka”da:
– Robiya madaniyat va turmuş bölimini boşqaradi, hamma şeʼr va hikoyalarni unga beringlar, körib çiqsin, – dedilar.
Işonasizmi, tahririyatga kelgan xatlarning 70-80 foizi ijodkorlarning maşqlari edi. Stolim lahzalar içida ana şunday maşqlarga tölib ketdi. Sal “yilt” etgan yoruğligi bor maşqlarni alohida taxladim, ijoddan bexabar, şunçaki qoralamalarini jönatib: “Şeʼrimni gazetada çiqarib bering”, – deya iltimosnomalar bilan murojaat qilinganlarini alohida papkalarga joyladim. Tartib-qoida şunaqa, yaxşi şeʼr va hikoyalar navbati bilan gazetada yortilardi, nisbatan sayoz maşqlar egalariga esa yozma ravişda javob qaytarilardi. Işga şönğib ketdim, stolim tortmasida ustiga “yaxşi”, yana birining ustiga “sayoz maşqlar” deb yozilgan iş jildlari paydo böldi...
Endi öylab qarasam, ötgan 36 yillik ijodiy faoliyatim davomida öşa ikki toifadagi iş jildlaridan gazeta sahifalariga, gazeta sahifalari orqali keng xalq ommasiga havola etilgan ijodkorlar maşqlari gazeta tahririyati ijodkorlarining mehr tafti bilan yoruğlikka çiqqan va köplab ijodkorlar uçun tahririyat benazir ijod va ibrat maktabi vazifasini muvaffaqiyatli ado etgan maʼnaviyat madrasasi vazifasini ötagan ekan.
Ha, azizlar, tahririyat eşigidan kirib kelgan har bir havaskor ijodkor bu maskandan öziga maʼnaviy kuç oldi, ruhlandi va pirovardida öziga işondi. Ana şu işonç bilan ijod maydonida öz ovozi, öz sozi va uslubiga ega ijodkorlar pleyadasi yetişib çiqdi.
Bugun biz har kun, daqiqalar sayin rivojlanib borayotgan taraqqiyot asrida yaşayapmiz. Bugungi davr ijodkorlari ham, ularning ijod mahsullari ham zamon bilan hamnafas. Öz jurnalistik tajribam va nuqtai nazarimdan kelib çiqib aytamanki, tahririyatda doimiy anʼanaga aylangan ustoz-şogirdlik mehridan suv içgan yoş ijodkorlar safi avvalgilardan köra köproq, bu ijodkorlarga xos xislatlar ham özgaçaroq. Bugungi yoş qalamkaş ijod bilan boğliq savollarini sizga havola etişadi-yu, sizdan avval bu savollariga javobni ham bemalol mustaqil topib olaveradi. Internet tezligi ularni ançayin epçil va jurʼatli qilib qöyganday, nazarimda. Lekin hamon stolim ustida “yaxşi” va “sayoz maşqlar” iş jildlari taxlam-taxlam. Men ularni varaqlarkanman, bugungi baʼzi ijodkor yoşlarning unçalik mehnatkaş emasligiga amin bölaman...
Tahririyat eşigidan dadil kirib kelib, öz maşqlarini taqdim etayotgan yoşlar orasida iqtidorlilari ham talaygina. Allaqaçon özlarining ilk şeʼriy töplamlarini keng ommaga havola etgan Qunduzoy Yusupova, Irodaxon Yerdoşeva, Dinora Karimboyeva, Azizaxon Örozboyeva, Umidaxon Yerdoşeva, Behzod Allaqulov, Javohir Yöldoşev, Aziza Madrahimova, Mohira Yöldoşeva, Rahmatulla Ibodullayev, Şahlo Qurolovalarning ilk ijod namunalari ham eng avvalo tuman gazetasi sahifalari orqali yoruğlik yuzini kördi.
Qalam ahli uçun heç qayerda yozilmagan oltin qoida bor. Bu – uning öz köngil keçinmalarini badiiy söz orqali umummulkiga aylantira oliş huquqi. U umumning qalbini anglay olgani uçun ham badiiy söz vositasida ezgin yuraklarga taskin bağişlay oladi, mudroq köngillarni uyğotib, hayotdan zavqlaniş tuyğusini baxş eta biladi. Muz qotgan köngillarda mehr çaşmasining bekilib qolgan közlarini oçadi. Ijodkorning, şoirning sözida ana şunday taft bor, azizlar.
Baʼzan “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyati tumanimiz yoş qalamkaşlari taşrifidan gavjum bölib ketadi. Bugungi davr yoşlari şijoatli, dadil, ularda yangi-yangi ğoyalar, fikrlar köp. Muhimi, ularning ğoyalarida ham, fikrlarida ham xilma-xillik bor, intiluvçan. Şohzod Anvarning har bir maşqi yuraklarga “jiz” etib kirib boradi. Mudroq dillarni uyğotib yuborguday öziga xos jarang bor Şohzodning yozganlarida. Jaydariroq qilib aytganda, qalamida tiğ bor, turmuşimizga, jamiyatga yot illatlarga qaratilgan tiğ! Siroj Olimov esa beozorgina, kam-suqumgina ijod qiladi, yozganlari dillarni tebratmay qöymaydi. Irodaxon Yerdoşeva ançayin jiddiy. Şu bilan birga hozir-javob. Umidaxon Yerdoşeva öylovçan, teran fikrli ijodkor. Qunduzoy Yusupova esa öta sermahmul. Har bir voqea-hodisadan teran xulosa çiqarişga intiladi. U bölğusi huquqşunos sifatida ijodida insoniy tuyğularga köproq murojaat etadi, ijtimoiy muammolar xususida öz fikrini şeʼriy ifodalaşga intiladi.
Tumanimizda nazm va nasrda öz uslubiga ega böliş maqsadida intilib yaşayotgan yoşlar köp. Ularning har birining ijodi bir olam. Xususan, öz nazmiy bitiklari bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan “Muhammad Yusuf izdoşlari” körik-tanlovi hakamlar hayʼati eʼtiborini qozongan va mazkur körik-tanlovning ğoliblari safidan joy olgan Komronbek Kamol, QDU talabasi, fikrlari jiddiy Sevara Ismoilova, jajji ertakçi qizaloq, özbek, rus va ingliz tillarida çop etilgan “Ikki töti” (“Dva popugaya”, “TWO PARROTS”) kitobçasining muallifi Tursunoy Jiyanboyeva, biri-biridan qiziqarli hikoyalari, ertak va şeʼrlari bilan yoş kitobxonlar mehrini qozongan Yorqinoy Kenjaboyeva, Ibrohim Yusupov nomidagi iqtidorli ijodkor yoşlar maktabi öquvçisi, umidli şoir Sardorbek Kenjaboyevlar bilan biz ijod ahli haqli ravişda faxrlanamiz. Şu bilan birga bu yoş qalamkaşlarning kelgusida mamlakatimiz adabiy jamoatçiligi orasidan munosib örin olişlariga juda-juda işonamiz.
Ijod – sermaşaqqat mehnat jarayoni. Ijod – har bir qalamkaş uçun maʼnaviy-maʼrifiy maktab, madrasa. Ijod ilmini egallaş – tom maʼnoda umummanfaati yölidagi ezgu işlarga özni safarbar etişdir. Uşbu qutluğ kunlarda men tumanimizda yetişib kelayotgan yoş qalamkaşlarning barçasiga ijod deb atalmiş sermaşaqqat yölda fidoyilik, yuksak manzillar tomon eltuvçi past-baland söqmoqlarda dadillik, fikrda sobitlik va har lahzada sözning qadrini, zalvorli yukini his qilib yaşaş baxtini tilayman.
Robiya YÖLDOŞEVA,
Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶