MAQOLLAR – XALQ OĞZAKI IJODI MAHSULI
Xalqimizning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy tajribalari umumlaşgan, badiiy, obrazli mulohazalaridan taşkil topgan maqollar tarixi juda çuqur, önlab asrlar ilgari vujudga kela boşlagan va insoniyat taraqqiyoti bilan boğliq holda rivojlanib kelgan. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asarida ham xalq oğzaki ijodi namunalari hisoblanmiş teran maʼno-mazmunga ega maqollar köp uçraydi.
Men ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi bölganim uçunmi, xalq oğzaki ijodiga, xususan, maqollarga juda qiziqaman. Hozirgi kunda 500 tadan ziyod, inson hayotining turli sohalarini qamrab olgan teran mazmunli maqollarni töplab, mazmuniga qarab ajratib yozib oldim. Kelgusida şu işimni kengaytirib, kitobça holida çop ettiriş niyatim bor.
Mening bu işga qiziqib qolişim bejiz emas. Bunga avvalo onam Malika Yöldoş qizi sababçi bölganlar. U kişi xalq oğzaki ijodini juda yaxşi biladilar, köpinça gaplariga maqol qöşib, söz taʼsirini oşirib gapiradilar.
Albatta, men onamdan eşitgan maqollarimdan maktabda, öqituvçilik faoliyatimda öquvçilarga dars öqitiş jarayonida ham köp foydalanaman. Öquvçilarimga ona tilimiz nihoyatda boy til ekanligini, bu – hatto xalq oğzaki ijodida ham öz ifodasini topganligini, xalq oğzaki ijodini puxta örganiş, köp maqollarni yod oliş hayotda har kimning öz örnini topişida yordam berişini uqtiraman.
Çindan-da, ajdodlarimizning zakiy va donoligidan dalolat beruvçi maqollarning hayotimizda ahamiyati juda ulkan. Masalan, “Boşidan ötmaganning qoşidan ötma”, “Sabrli qul bora-bora şod bölar, besabr qul öz feʼlidan sob bölar”, degan maqollarda hayotda oğir kunlarni köp keçirgan odamlar birovning dardini yaxşi tuşunişi, yöl-yöriq bera olişi, şuningdek, inson yaxşi-yomon kunlarga birdek könmoği, sabr qilmoği lozimligi mohirona aks ettirilgan.
Menimça, barça fan öqituvçilari ham öz darslarida xalq oğzaki ijodidan, xalq maqollaridan unumli foydalansa, nur ustiga aʼlo nur bölar edi.
Nazira USMONOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶