TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat xizmatlarini körsatiş tizimi jadallik bilan rivojlanib borilmoqda. Joylarda davlat xizmatlari markazlari yangi zamonaviy binolarga ega bölib, fuqarolar hamda işçi-xodimlar uçun keng şaroitlar yaratilgani ham fikrimizning isbotidir.
Barça qulayliklarga, şaroitlarga ega bölgan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bugungi kunda fuqarolarga davlat xizmatlarini körsatiş yölida samarali faoliyat olib bormoqda.
Maʼlumot tariqasida aytiş joizki, mazkur markaz tomonidan 2020-yilning birinçi yarmida yangi röyxat va qayta röyxatda ötkaziş böyiça jami körsatilgan davlat xizmatlari soni 25 ming 608 tani, undan taşqari körsatilgan jami xizmatlar soni 24 ming 991 tani taşkil qiladi. Şuningdek, şu davrga qadar jami 538 nafar jismoniy va yuridik şaxslar davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, şundan bittasi xorijiy korxona, 129 tasi yuridik şaxslar, 408 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadi. Qolaversa, joriy yilning şu davri holatiga köra, tuman Davlat xizmatlari mazkazi tomonidan 79 ta jismoniy va yuridik şaxslar qayta röyxatdan ötkazilgan bölib, şundan 33 tasi yuridik şaxslar hamda 46 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

Şu örinda aytiş joizki, mamlakatimizda davlat xizmatlarini körsatişda jismoniy va yuridik şaxslarga har tomonlama qulay şart-şaroitlarni taʼminlaşga katta eʼtibor brilmoqda. Şu maqsadda, qolaversa, aholining maʼlumotnoma sörab, qimmatli vaqti turli idoralarga sarson bölişlarining oldini oliş, bunda “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini amalda röyobga çiqariş va eng muhimi, xalqimizning davlat organlari va ular tomonidan körsatiladigan xizmatlarga bölgan işonçini qozoniş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrda “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi taşkil etildi.

Şuningdek, Yagona markazlarning tumanlar va şaharlar hokimliklari tuzilmasidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilişi mazkur sohani rivojlantiriş böyiça asosiy qadam bölib, vertikal boşqaruvni şakllantiriş, ularning samarali faoliyatini taşkil etiş imkonini berdi. 2018-yil 1-yanvardan ular Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.
Albatta, uşbu markazlar aholiga bir qator qulayliklar yaratdi. Birinçi navbatda jismoniy va yuridik şaxslarning idoralararo sarson bölişi va ortiqça vaqt sarflaşlariga çek qöyildi. Endilikda fuqarolar emas, balki hujjatlar harakatlanişi asosiy mezon sifatida belgilandi. Körsatilayotgan davlat xizmatlari soni bosqiçma-bosqiç amalga oşirib borilmoqda.

Amudaryo tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarga sayyor tartibda ham xizmatlar körsatilmoqda. Haftaning şanba va yakşanba kunlari tumanning olis hududlaridagi ovul, mahalla fuqarolar yiğinlari, taʼlim maskanlarida sayyor uçraşuvlar, tarğibotlar hamda sayyor röyxatdan ötkaziş işlari muntazam amalga oşirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning şu davriga qadar sayyor tartibda körsatilgan davlat xizmatlari soni 1 ming 127 ta bölib, şu tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan tadbirkorlik subʼektlari soni 31 tani taşkil qildi.
Markazda jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmati körsatiş namunali yölga qöyilgan, murojaatçilar uçun qulay şaroitlar yaratilgan. Ijtimoiy masofani saqlagan holda tartibli navbat joriy etilgan. Murojaatçilar markazda örnatilgan maxsus infokioskda elektron raqamli imzo kaliti orqali bemalol foydalaniş, kerakli maʼlumotnomani esa şu infokioskning özida çop qilib oliş imkoniyatiga ega. Markazga kelgan fuqarolar bu yerda yaratilgan qulayliklar, şaroitlar va körsatilayotgan xizmatlardan mamnun.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶