HUŞYoPLIK – HAP QANDAY XAVF-XATAPNING OLDINI OLADI
Hayot – tasodiflarga töla. Ertalab yaxşi kayfiyat bilan işga, öqişga, şaxsiy rejalarimiz yoki oila taşvişlari bilan uyimizdan çiqib ketamiz. Lekin bir qadam, balki ön qadam... narida bizni qanday sinov yoki tasodifiy holat kutayotganini bilmaymiz. Ayniqsa, yölda. Ozgina ehtiyotsizlik tufayli binoyiday soğlom, çopqillab yurgan inson bir umr nogiron yoki qisqa va uzoq muddatga soğligini yöqotib, töşakka mixlanib qolişi heç gap emas.
Xalqimiz ayni paytda koronavirus pandemiyasiga qarşi karantin qoidalariga amal qilib, qisman uyda bölib turibdi. Har kuni televideniye kanallari orqali berilayotgan tezkor xabarlardan Özbekistonda bu kasallikka çaliniş holatlari ham, ölim holatlari ham kun sayin oşib borayotganidan barçamiz xabardormiz. Agar alohida eʼtibor beradigan bölsak, tojli virusdan ham köra, yöl-transport hodisasi qurbonlari kunlik ösişi yuqori ekanligini köramiz. Virusga eʼtiborsizlik ham, yöl harakati qoidalariga eʼtiborsizlik ham jiddiy oqibatlarga olib kelişi barçamizga ayon.
Xususan, 2020-yil 3-iyun kuni soat 10 lar çamasida tumanimizning Xitoy ovulida yaşovçi fuqaro Qöçqorov Komiljon Haytbayeviç “Neksiya” rusumli, davlat raqam belgisi 95 T 485 GA bölgan avtomaşinasini Amudaryo tuman Örta qalʼa OFY, Qarşili xöja aholi punkti içki yölida boşqarib ketayotib, oldinda velosipedda harakatlanayotgan voyaga yetmagan. 2007-yilda tuğilgan, Örta qalʼa ovulida yaşovçi Nozima Saidabullayevani urib yuborib yöl-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada voyaga yetmagan Saidabdullayeva Nozima Karimboy qizi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlaşmasiga keltirilgan.
2020-yil 17-iyun kuni soat 23 lar çamasida Örta qalʼa ovulida yaşovçi fuqaro Şuhrat Matqurbonov fuqaro Matqurbanov Şavkat Pimboyeviç nomida bölgan “Damas” rusumli, davlat raqam belgisi 95L116JA bölgan avtomaşinani 4P160 Urganç-Manğit-Turkmaniston çegara yölining Örta qalʼa ovuli hududidan ötgan 74-km.da amaldagi yöl harakati qoidalarining 7- va 77-bandlariga rioya qilmasdan, işonçnomasiz va haydovçilik guvohnomasisiz boşqarib borayotib, boşqaruvni yöqotişi natijasida yöldan çiqib ketib, ağdarilgan. Natijada fuqaro Şuhrat Matqurbanov olgan tan jarohati tufayli tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
2020-yilning 14-iyun kuni soat 19lar çamasi tumanimizning Tölqin ovulida yaşovçi fuqaro Hayitbay Yuldaşov “Farxod Babaniyazov” fermer xöjaligiga tegişli MTZ-80 rusumli, davlat raqam belgisisiz traktorni Tölqin ovulining “Jangal qalʼa” aholi punkti içki yölida boşqarib ketayotib, oldinda, yölni velosipedda kesib ötayotgan voyaga yetmagan, Tölqin ovulida yaşovçi, 2013-yilda tuğilgan Şohsanam Sobirovani urib yuborib, yöl-transort hodisasi sodir qilgan. Natijada voyaga yetmagan Şohsanam Sobirova tan jaroxati olib tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizildi.
Şuningdek, 2020-yil 18-iyun kuni 18lar çamasida Kuyuk köpir ovulida yaşovçi fuqaro Mansur Yuldaşev “Neksiya” rusumli, davlat raqami 95 X537 GA bölgan avtomaşinasini 4P160 Urganç-Manğit-Turkmaniston çegara yölining 65-km.da amaldagi yöl harakati qoidalarining 7- va 64-bandlariga rioya qilmay, haydovçilik guvohnomasisiz boqşarib borayotib oldinda, qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Örta qalʼa ovulida yaşovçi fuqaro Odilbek Xaytakov boşqaruvidagi “Vosxod” rusumli, davlat raqam belgisisiz mototsikl bilan töqnaşuv sodir qilgan. Natijada mototsikl haydovçisi Odilbek Haytakov tan jaroxati olib, tuman tibbiyot birlmaşsi şifoxonasiga yotqizilgan.
Aziz yurtdoşlar, koronavirusga çalingan bemor virusning qayerdan, qanday kelib tanasiga yopişganini bilmasligi oqibatida hayotini xavf ostiga qöysa, yöl-transport hodisasini sodir etgan fuqaro esa körib-bilib turib, ehtiyotsizligi oqibatida özining va özganing hayotini xatarga qöyadi. Natijada esa yuqoridagi kabi ayançli hodisalar yuzaga keladi. Har qanday köngilsizlikning oldini oliş esa öz qölimizda. Demak, biz özimiz xuşyor bölsak, virusni ham yengamiz, yöllarimizda esa xavfsizlikni ham taʼminlaymiz.
D.AMINOV, IIB YHXB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶