21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:21
Jamiyat 👁 268

KUTUBXONA – HAQIQATAN HAM NURXONA

KUTUBXONA – HAQIQATAN HAM NURXONA

Sabr-toqatlilik xalqimizga xos xislat. Biz oila aʼzolarimiz bilan karantin qoidalariga rioya qilib, uydamiz, adabiy kitoblar oʻqib, televizorda berilgan koʻrsatuvlarni birgalikda muhokama qilamiz.

Yaxshi kuy va tarona, raqs kayfiyatimizni koʻtaradi, nevaralarimiz bilan kichik davra quramiz, ular raqsga tushib, qoʻshiq va sheʼrlar aytishadi. Har bir kunimizni mazmunli, qiziqarli oʻtkazamiz.

Joriy yil iyun oyidan boshlab tuman Axborot-kutubxona markaziga oilaviy aʼzo boʻldik. Bizni Axborot-kutubxona markazi direktori Dilmurod Oʻrozoqov kutib oldi va ishchi xodimlari bilan tanishtirdi. Nevaralarim Rustam, Suhrob, Guli Baxtiyorovalarni ham yetaklab, bu kutubxonaga olib borib, oʻzlari qiziqqan kitoblarni olib oʻqishga yoʻlladim.

Bizni kutubxona xodimlari xush chehra bilan kutib oldilar va kutubxonadagi adabiyotlar haqida tushuncha berdilar. Oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa millatlar adabiyotlari tizilgan javonlardan oʻqish uchun kitob tanladik. Axborot-kutubxona markazi direktori Dilmurod Oʻrozoqov va ishchi xodimlari Gulasal Qoʻchqorova, Rohatoy Ramonova, Maxsuda Bekasheva, Islom Matyoqubov, Quvonchbek Oʻrozimbetov, Sohiba Bozorboyeva, Intizor Yoʻldosheva, Gulruh Avezmetova va Iroda Saʼdullayevalarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirdik.

Shu yerda oddiy bir haqiqatni aytgim keldi. Kutubxona uchun ajratilgan xonalar kam, kitoblar esa juda koʻp ekan, tuman Madaniyat boʻlimi mudiri Sh.Yusupov ushbu holatga alohida eʼtibor bersa va albatta, xonaga yozda shamollatgich oʻrnatsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi. Shunda markazga tashrif buyuruvchi kitobxonlar safi ancha oshgan boʻlardi.

Axborot-kutubxona markazi 2 ta xonada joylashgan. Lekin kitoblarning koʻpligidan kitobxonlarga mavjud vaziyat biroz qiyinchilik tugʻdiradi. 63 mingdan ziyod kitob jamgʻarmasiga ega markaz binosi ichkarisi oʻta dim, issiq. Noyob kitoblarni shu yerning oʻzida oʻqishning imkoni yoʻq. Kutubxona xodimlari esa juda ishchan, madaniyatli. Men tumanimizdan chiqqan yozuvchi Xushnud Yoqubjonovning kitoblarini soʻragan edim, darrov topib berishdi. Hatto kitoblarning maʼno-mazmuni haqida ham tushunchalar berishdi. Men hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyandalari qatorida tumanimizdan yetishib chiqqan yozuvchi Xushnud Yoqubjonovning ham kitoblari xalqimiz tomonidan sevilib oʻqilayotganidan faxrlandim.

Azizlar! Kutubxona – nafaqat bilimlar koni, balki nurxonadir. Men har bir yurtdoshimga, albatta, ushbu kitoblar makoniga – nurxonaga borishini, karantin sharoitida vaqtini mazmunli oʻtkazishini maslahat beraman.

Baxtiyor RAJABOV,

Boyovul mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026