Hitoyqişloq hangomalari
MIRZANING EʼLONI
Yangiboy aka “Prezident tomorqasi”dan töğri Xitoy bozoriga keldi. Maşinasini avtoturargohning eng çetiga qöyib, bozorga kirib ketdi. Yangi zamonning “kaşfiyot”laridan bölgan “qirğin gruppa” (yollanma işçilar) ga tuşlik va keçki ovqat uçun xarajat kerak. Şu payt Mirza ham kelib maşinasini Yangiboy akaning “Kobalt”i yoniga qöydi. Qarasa, hamma yoği tuproqqa belangan maşina. Tanidi. Özining rejasidan mamnun bölib, bir kulib qöydi-da, Yangiboy akaning maşinasining orqasiga ötdi...
Yangiboy aka xarajatlarni maşinaga yukladi-da, şoşilinç jönadi. Şu yugur-yugurda işçilarning keçki ovqatini berib, hisob-kitobini qilib, namozgarda uyiga keldi. Kampiri damlagan çoyni şopirib, çoynak töppini kiydirib, endi bir huzur qiladiganday yonboşlaganida telefon jiringlab qoldi.
– Allo, assalomu alaykum, falon-falon raqammi bu? Yangiboy aka deganimi?
– Vaalaykum assalom. Ha, Yangiboy akangizman...
– Maşina sotmoqçimisiz? Bizga maşina kerak edi. Borsak, körsak böladimi?
– Yöğ-e, men maşina sotmayman, yanglişdingizmi deyman.
– Unday bölsa, keçirasiz, bizga sizni maşinasini sotmoqçi ekan, deyişgandi...
Yangiboy aka çoynakning töppisini olib, novvot solinggan piyolaga çoyni alohida kayf bilan quyib, endi ikki höpladimi-yöqmi, telefoni yana jiringladi.
– Allo, labbay, eşitaman.
– Assalomu alayku-um, – dedi ovoz egasi mulozamat bilan, – Yangiboy akamisiz?
– Vaalaykum assalom, –şunday mulozamat bilan javob qaytardi Yangiboy va “jiyanlarimdan birimikan?” degan fikr keçdi könglidan. Quyuqqina söraşuvdan keyin u tomon maqsadga ötdi:
– “Kobalt” maşinangiz bor ekan, sotmoqçi ekansiz, şunga...söraşmoqçi edik...
– Xudoga şukur, maşina bor, lekin sotmoqçi emasman. Kim aytdi sizlarga maşina sotadi deb, meni!? – ozgina tajanglanib, telefonni öçirdi.
Yonboşni buzib,turib ötirdi. Ozgina hayronlik paydo böla boşladi.
Çoyni içib bölar-bölmas, notaniş raqamlardan yana ikki marta kelgan qönğiroqlarga javob bermay öçirib qöydi. – Tavba, hozirgi odamlar qanday-qanday bölgan-ey, birov sotaman, demagan narsasini uyalmay, sotasanmi, deb tursa, tavba?!
Birozdan söng telefonini oçgan edi qönğiroq tayin turgan ekan:
– Allo, assalomu alaykum. Maşinangizni sotmoqçi ekansiz, körgani bormoqçi edik...
– Allo! Men kimga aytibman maşina sotaman deb, qaçon aytibman?! – Rost-mana asabiylaşib, ovozi böğilib, baqira boşladi Yangiboy aka.
– Maşinangizga eʼlon yozib qöygan ekansiz-ku!
– Nima? Qanaqa eʼlon?!
– Maşinangizga eʼlon yozib qöymaganingizda biz tuş körib bilamizmi, aka!
Yangiboy aka qiziq holatga tuşib qoldi. Qanaqa eʼlon, qaçon yozibdi uni, nima deb yozibdi?..
– Kampir! – baqirdi jahl bilan, – Maşinaga qara, qanday eʼlon bor ekan! Yöq, töxta, özim qarayman!
Supadan inqillab tuşib, maşina tomonga şoşildi. Kampiri ham hayron bölib unga ergaşdi. Maşinaning oldiga, yoniga qaradi: oynalarida quyuq çangdan boşqa heç gap yöq. Orqasiga ötdi. Ne köz bilan körsinki, orqa oynani qoplagan qalin çangga “Sotiladi. Yangiboy A.” deb, telefon raqami ham çiroyli qilib yozilgan. Mirzaning dastxatini tanidi. Xo-xolab kulişdan özini tiyolmadi, asabiyligi ham bir zumda tarqab ketdi...
– Voy naymit-ey, boplabdi lekin, qulayini topganini qara! Kampir, çelak ber, maşinani yuvib qöyay, bolalarga qarab ötirmay, Mirzaning eʼloni bu! – deb bilaklarini şimardi. Kampiri: “Hazillaringiz bor bölsin sizlarning, birday şunaqa qilib yurasizlar. Odamlar maşina topolmaydi. Maşina topganlar supurib-artib qöyişga latta topolmaydi”, – deb bir “çaqib” oldi-da, kulganiça çelakni obkelgani ketdi.
– Ha-a, sening ham bir qulaying kelar, körasan, Mirza, körasan hali, – deb öziga tasalli berardi Yangiboy aka maşinani yuvişga hozirlanarkan.
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶