TUMAN HUDUDIDAGI 721 TA EHTIYoJMAND OILAGA 1 MLN. SÖMDAN MODDIY YoPDAM PULLAPI BEPILDI
Mamlakat boşiga sinovli kunlar tuşgan bugungi murakkab şaroitda aholini, ayniqsa, uning ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy va moddiy qöllab-quvvatlaş davlatimizning doimiy eʼtiboridagi masalalardan biri bölib kelmoqda. Pandemiya şaroitida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qöllab-quvvatlaş, ularga har tomonlama kömak beriş borasida qator samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada yana şu maqsadda joriy yilning 30-iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan pandemiya şaroitida moddiy kömakka muhtojlar röyxatiga kiritilgan va aʼzolari 1,7 million nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli beriş közda tutildi. Bunga respublika byudjetidan qöşimça 380 milliard söm mablağ ajratildi. Moddiy yordam pullari joriy yilning 15-avgustiga qadar yetkazilişi belgilandi.
Farmon ijrosini taʼminlaş, davlatimiz tomonidan ajratilgan uşbu yordam pullarini öz egalariga yetkaziş maqsadida sektor rahbarlari, Amudaryo tumani hokimligi xodimlari, fuqarolar yiğinlari masʼullari ham ovul-mahallalardagi ehtiyojmand oilalar röyxatiga kiritilganlar xonadonlariga taşrif buyurdilar.
Xususan, pandemiya şaroitida tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan 1234 ta ehtiyojmand oilalar röyxati şakllantirilgan bölib, şundan joriy yilning 29-30-iyul kunlari, 721 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning har biriga 1 mln. sömdan jami 721 mln. söm pul mablağlari topşirildi. Tumandagi sektorlar kesimida olib qaraydigan bölsak, 1-sektor hududida yaşovçi 192 ta, 2-sektor hududidagi 193 ta, 3-sektor hududidagi 184 ta hamda 4-sektor hududidagi 152 ta ehtiyojmand oilalar yordam pulariga ega böldilar.

Şuningdek, muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida xalkimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini namoyon etuvçi muhtojlar holidan xabar olişdek xayrli anʼana davom ettirilgan holda, joylardagi “Saxovat va kömak” jamğarmalari orqali 220-250 ming oilaga respublika byudjetidan jami 200 milliard söm ajratildi. Buning natijasida 1 milliondan ortiq aholi naqd pul, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bilan taʼminlanişi maqsad qilindi.
Aytiş kerakki, Prezident Farmoni bilan 150 mlrd. pul mablaği Qoraqalpoğiston Pespublikasi va viloyatlar kesimida taqsimlandi. Uşbu mablağdan 10 mlrd. söm miqdoridagi mablağ Qoraqalpoğiston Pespulikasi hududidagi kam taʼminlangan aholiga yetkaziş uçun ajratildi. Qoraqalpoğiston Pespublikasi böylab, Nukus şahri va barça tumanlardagi 17114 ta ehtiyojmand oilalar röyxati asosida moddiy yordam pullari öz egalariga yetkazildi.

Qolaversa, mazkur Farmon bilan koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişda hayotini xavf ostiga qöysa ham faol iştirok etib, jonbozlik körsatayotgan tez tibbiy yordam brigadalarining şifokorlari, hamşiralari, kiçik tibbiy xodimlari va haydovçilarga bir martalik moddiy yordam körsatiş uçun 100 milliard söm ajratilişi belgilandi va buning evaziga 26 ming oilaning moddiy ahvoli yaxşilanişi közda tutildi.
Pandemiya tufayli qiyin vaziyatda qolgan tumandagi ehtiyojmand oilalar aʼzolari davlatimiz tomonidan körsatilayotgan bunday ğamxörliklardan, eʼtibordan nihoyatda mamnun bölişmoqda va öz minnatdorçiliklarini bildirgan holda epidemiya bartaraf etilişiga, yana oldingidek hayot tarzi davom etişiga işonç bilan qaraşmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶