21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:19
Jamiyat 👁 403

DÖRMANLIK OTAXON BOĞBON

DÖRMANLIK OTAXON BOĞBON

Halol va fidoyi mehnatning mevasi şirin, natijasi esa rohat va faroğatli böladi. Agar azim Qiliçboyning Dörman ovulida yaşovçi Otaxon boğbon Törayevdan mehnat sizga nima berdi, deb sörasangiz:

– Könglimga xotirjamlik, hayotimga fayz, xonadonimga röşnolik baxş etdi, – deydi mamnuniyat bilan.

Darvoqe, Otaxon Törayev esini tanigan kundan mehnatga oşno ösib-ulğaydi. Alloh rahmat qilsin, otasi Qutlimurod bobo usta-hunarmand edi. Qutim qoşiqçi, deyişardi uni. Nainki Dörman ovuli, balki atrof qişloqlarning aholisi ham Qutim bobo yasagan rözğorga zarur anjomlar – oştaxta va öqloği, yoğoç qoşiqlar, yoğoçdan çiroyli işlov berilgan bejirim tovoqlar, kuvi, keli va kelisopi kabi buyumlarni köpinça uylariga kelib olib ketişardi. Oilada öğillarning kattasi bölgani uçun Otaxon otasiga eng yaqin kömakçi-dastyor edi. Qutim boboning  möʼjazgina tomorqasi esa qöşimça daromad manbai bölibgina qolmay, farzandlari uçun özaro mehr-oqibat hayot maktabi ham edi. Usta-hunarmandçilik yumuşlari bilan bab-baravar tomorqa xöjaligini ham mohirlik bilan yuritgan Qutim qoşiqçining farzandlari biri-biridan mehnatkaş, uyim-joyim, degan fidoyi insonlar bölib voyaga yetişdi. Ayniqsa, Otaxon yerga, boğdorçilik sohasiga mehr qöyganida hali maktab öquvçisi edi.

Örta maktabni aʼlo baholarga tugatgan Otaxon Törayev Navoiy Politexnika institutining quriliş fakultetida öqidi. Harbiy xizmatda böldi, bir neça yil Navoiy şahrida yaşadi, oila qurdi. Bank xodimasi bölib işlaydigan Rozajon bilan taqdirini boğlaganidan Allohdan  rozi. Çunki umr yöldoşi nafaqat unga hayotda, balki har bir işda yelkadoş böldi.

Institutni tugatib, jonajon qişloğiga qaytgan Otaxon Törayev biroz vaqt sobiq M.Gorkiy nomli davlat xöjaligi hududida taşkil etilgan quriliş brigadasida katta usta vazifasida işladi. Köplab qişloq xöjalik inşootlari, turar joylar qurilişida faol iştirok etdi. Eh-he, qançalab obodonlaştiriş-quriliş işlarini bajarişmadi. Bugun özi bunyod etgan inşootlarni körib, qalbi quvonçga töladi.

1990-yillardagi bozor iqtisodiyotiga ötiş davri qiyinçiliklari barça sohalar kabi quriliş sohasiga ham öz taʼsirini ötkazdi. Qişloqlardagi quriliş brigadalari tugatilib, ayrimlari xususiylaştirildi, ayrimlari MÇJ şaklida qayta taşkil etildi. Otaxon Törayev ana şunday bir vaziyatda iş örni qisqartirilişi tufayli maʼlum vaqt işsiz qoldi. Lekin heç tuşkunlikka tuşmadi, vaziyatdan çiqişning birdan-bir yöli – tomorqa xöjaligini yuritiş, deb öyladi. Umr yöldoşi Rozajon unga kömakdoş böldi. 35 sotix yerda dehqon xöjaligini taşkil etişdi. Avval qiynalişdi. Bolalari yoş, er-xotin köp yumuşlarni qölda bajarişdi. Yer yumşatib, mola sudraşdi, tomorqani daromad manbaiga aylantirgunlariça tinib-tinçişmadi.

– Xudoga şukur, farzandlarimiz ulğayişib, muşkulimiz oson böldi, – deydi Otaxon aka Törayev mamnuniyat bilan. – Ikki öğilni uylantirib, ikki qizimizni turmuşga çiqardik. Hammalari özlaridan tinib-tinçib ketişdi.

Bugun Otaxon aka bilan Rozajon opaning  atrofida 9 nafar nevara parvona. Azaldan dehqonçilikka mehr qöygan Otaxon Törayevni bugungi kunda Dörman ovulidagina emas, butun Qiliçboy mavzesida mohir boğbon sifatida yaxşi bilişadi. Axir boğ yaratişning sir-asrorlarini hamma ham bilavermaydi-da. Bu borada Otaxon boğbonga teng keladiganlar kam.

Farzandlari ulğayib, yoniga kirgaç, Otaxon Törayev dehqon xöjaligiga yaqin hududdan 3 gektar yerni ijaraga oldi. Nihollar oraliğini 8 metrdan qilib, eng sara mevali daraxt köçatlarini ötqazdi. Farzandlari va umr yöldoşi, ikki nafar kelini bilan birgalikda boğ uçun möljallangan yerni çimlardan, ajriq tomirlaridan tozaladi. Nihollar orasiga poliz va sabzavot ekinlarini ekişdi. Birinçi  yili garçi, yaxşi hosil olişmasa-da, har holda yomon bölmadi, rözğori ança baquvvatlaşdi. Muhimi, yerning körki oçildi.

– Yerga qança köp işlov berilsa, şunça oçilişadi, – deydi Otaxon oğa. – Kuzda daraxt barglari yaxşi tökilgaç, yerni şudgorlab, haydab qöyamiz. Ham yer yaxşi nafas oladi, ham tökilgan xazon-yaproqlar tabiiy biogumus – çirindi-öğitga aylanadi.

Otaxon boğbonning boğini aylanamiz. Önlab navdagi olmalar, naşvati, nok, anjir va olxöri-yu şaftolilar şoxlari mevasini kötarolmay boğboniga taʼzim qilayotganday. Biz Otaxon akadan nega ayrim boğbonlar işida kuzatganimizdan farqli, daraxtlar orasi ança oçiq qoldirilganini söradik.

– Mevali daraxtlar, ayniqsa, olma daraxti bir-ikki yildan söng qariydi, – deydi Otaxon aka. – Boğda hosildorlikni bir maromda uşlab turiş uçun mana bu 8 metrlik oraliqqa yangi nihollar ötqazamiz. Keksaygan daraxtlar örnini şu tariqa töldiramiz. Ildizi quriy boşlagaç, olib taşlab, örniga işlov beramiz, ham yer dam oladi, ham almaşlab ekiş texnologiyasi amalga oşiriladi.

Otaxon boğbon Törayevning tajribasi qişloq yoşlariga ibrat. Uning boğidan havaskor boğbon yoşlarning qadami uzilmaydi. Olma-yu olça, gilos, olxöri va şaftolilarning ertapişar, örtaki va keçpişar navlari hosilidan har yili möl-köl daromad topayotgan oila aʼzolari ertagi kartoşkani bozorga olib çiqişganida hali ayrim tomorqaçilar birinçi çopiqni boşlagan edilar. Otaxon boğbon esa 1 tonnadan ziyod ertagi kartoşkani yiğib olib örniga takroriy ekinni ekib qöydi. Xonadonning dehqonçilikdan taşqari öz çorvasi, parrandasi ham bor. Rozajon opa nevaralari bilan 80-100 ta xonaki tovuq, 10-15 ta kurkalarni parvarişlaydi.

Har kuni ikki-uç marta tovuq kataklaridan nevaralari bilan tuxum yiğib oladi. Isteʼmoldan ortgani bozorni obod qiladi.

– Kurkaning köpayişi biroz qiyinroq, – deydi Rozajon opa. – Kamida bir oy alohida eʼtibor kerak böladi. Nevaralarim juda yaxşi kömakdoş. Tirik multfilm, deb rosa yaxşi qaraşadi. Biri dinozavrlar desa, biri multfilm, deb ataşadi, yaxşi-da, ularga ham zavqli, ham qiziqarli maşğulot.

Oilada Otaxon boğbon bilan Rozajon opaning örni ham, hurmati ham baland. Kelinlari, öğillari, nevaralari – hamma öz işini bilib-bilib, maromida bajarişadi. Bugun qança meva sotildi, sabzavot va polizdan qança daromad böldi, oila ehtiyojlari uçun qança sarf-xarajat qilindi – barçasi hisob-kitob qilinadi. Halol mehnatning bahosi kun sayin oşib boraveradi. Turmuşlariga ziynat bağişlab turgan har bir harakatda barakat, xayr borligini Otaxon boğbon ham, farzandlari ham yaxşi bilişadi.

– Şu tomorqaning fayzi-da, – deydi Otaxon boğbon mamnuniyat bilan. – “Neksiya” rusumli avtomobilimiz bor. Yillik daromadimiz ham yomon emas. Aytsam, köz tegadi-da!

Oila daromadi qançalik ortib borgani sari Otaxon boğbon bilan Rozajon opaning ham orzu-havaslari köpaydi. Ketma-ket törtta töy qilişdi. Ikki qizni uzatib, ikki kelin tuşirişdi. Bu yoğiga nevara töylari, deganday. Biri-biridan aqlli nevaralarni sözlatsangiz tillari burro: “Erta turganning, rizqi ziyoda böladi”, “Halol mehnat – keltirar rohat”, “Yerni boqsang, yer seni boqadi” kabi maqollarni qatorlaştirib taşlaşadi. Bu jajji nevaralar ham ularning hayotiga ziynat bağişlab turgan halol mehnat insonni har qanday vaziyatda uluğlaşini yaxşi  anglaşadi. Bu – özbek feʼlining avlodlar tomirida gupurgani, oila qadriyatlarining hayotiy talqini!

Biz ijodiy guruhimiz bilan dörmanlik Otaxon boğbon Törayev xonadonida bölganimizda halol mehnat qadrini uluğlab ulğayayotgan jajji nevaralari, farzandlari kamolidan köksi baland oddiy, öta kamtar, fidoyi va mehnatkaş insonlar borligi uçun ham hayot naqadar zavqli ekanligini his etdik.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026