MAHALLA TINÇINI BUZGAN HUQUQBUZAR JAZOLANDI
Aroqning körinişi oq bölsa ham, kasofati özidan yuz, ming çandon katta bölgani uçun unga “qora şayton”, deya taʼrif beramiz. Lekin içuvçi odam uçun, kim biladi, bu kasofat qay körinişda namoyon böladi?
Tumanimiz mahallalaridan birida yaşovçi Boybölsin (ism-şarifi özgartirildi) Qulahmedov esa har gal töyib içganida “şer” bölib ketadi. Rostmana “şer!”. Yöl ham, dala-daşt ham, köça-köy ham faqat öziniki! Bilganiça yuradi, baqirib-çaqiradi, oldidan çiqqanga haqiqiy şerday hamla qiladi.
Öşa kuni ham mastlikdan goh osmonlarda uçib, goh şer kabi bökirib uyi tomon borardi. Nogahon oldidan qöşnilari Azizaxon Gulmirzayeva bilan Köklan Botirovlar (ism-şariflari özgartirildi) çiqib qolsa böladimi? Axir u “şer” bölsa, hammadan kuçli bölsa-yu, allaqanday qöşnilari uning yuradigan yölidan yursa? Yöq, bunaqasi ketmaydi, “şer” paydo bölgan joydan hamma çetlanişi kerak! Lekin qöşnilar çetlaniş örniga “Şer bola”ni tartibga çaqirişdi. Buni Boybölsin qabul qilolmadi. Şovqin kötardi, qöşnilarini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qildi. Şu kuni yaqin qöşnilarining rosa tinçini buzdi. Oqibatda esa...
Oqibati yomon böldi. Boybölsin “şer”ning kuçi qirqildi. Mamlakatimizning odil qonunlariga köra u qöşnilarini haqorat qilgani, tinçligini buzgani uçun maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Yaqinda Maʼmuriy işlar böyiça Amudaryo tuman sudining oçiq sud majlisida huquqbuzar Boybölsin Qulahmedov qarşisiga töplangan maʼmuriy iş hujjatlari atrofliça muhokama etildi va Özbekiston Respublikasi MJtKning tegişli moddalariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 10 (ön) sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilindi. “Şer bola” qafasga tuşdi.
Şuni aytadilar-da, aroq oq bölsa ham kasofati özidan ming çandon katta, qora şayton kabi, deb.
M.Karimbayeva, Maʼmuriy işlar böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶