PROKUROR YuQORI QIŞLOQ MAHALLASIDA YoŞLAR BILAN UÇRAŞDI
Mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil va samarali amalga oşiriş, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini tubdan isloh etiş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Navbatdagi lavhamiz bu borada tuman prokurori iştirokida ötkazilgan yoşlar bilan uçraşuv yiğilişi xususida.
Joriy yilning 22-avgust kuni tumanimizdagi Yuqori qişloq mahallasida yoşlarning bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş qöllab-quvvatlaş hamda ularga munosib şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida ötkazilgan yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda 2-sektor rahbari, tuman prokurori Javlon Muftullayev, tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletovlar hamda faol yoşlar iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman prokurori Javlon Muftullayev oçib berdi hamda iştirokçilarni kun tartibidagi masala bilan taniştirib ötdi. Prokuror öz nutqida mamlakatimizda ötgan yillar mobaynida inson huquqlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani xususida söz yuritdi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatçiligi printsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanişi belgilanganligi, ularning huquqiy himoyasini mustahkamlaş, moliyaviy qöllab-quvvatlaş va zamonaviy xizmatlar körsatiş kölami kengayib borayotgani, mamlakatimiz yoşlarining bilim va salohiyatlari, tadbirkorlik va innovatsion ğoyalarini amalga oşiriş uçun katta imkoniyatlar yaratib berilayotganini taʼkidlab ötdi.
Darhaqiqat, yurtimizda keyingi davr mobaynida yoşlar bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilib, öğil-qizlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuçayib bormoqda. Kelajagi buyuk davlat barpo etişda navqiron avlod, yaʼni yoşlar munosib iştirok etişmoqda.
Şu sababli ham kelajagimiz egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlaş, ularning orzu-intilişlari, qobiliyat va salohiyatini röyobga çiqariş yoşlarga oid davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yönalişi etib belgilanib, bu borada ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizning Yuqori qişloq mahallasida ötkazilgan mazkur uçraşuvda iştirok etgan faol yoşlar barça sohalar, ayniqsa, tadbirkorlikka doir özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Muloqot çoğida turli masalalarga oid 14 murojaat kelib tuşdi, ulardan 4 tasi şu yerning özida qanoatlantirildi, 10 tasi esa tegişliligi böyiça hal qilinişi mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. Murojaatlardagi masalalar asosan yoşlarning öz bandligini taʼminlaş, tadbirkorlikning turli yönalişlari bilan şuğullanişlari uçun imtiyozli kredit olişda amaliy yordam oliş mazmunida böldi. Uşbu murojaatlarni ijobiy hal qiliş böyiça tegişli taşkilotlar bilan kelişib olindi.
Erkin muloqot tarzida ötgan uçraşuv davomida yoş avlod vakillarning kelgusidagi rejalari, maqsad va intilişlari bilan ham tanişildi.
Suhbat sönggida mutasaddilar yoşlarni jamiyat hayotida yanada faol bölişga, öz ustida astoydil işlab, maqsad sari olğa intilişga daʼvat qildilar. Kelajakda mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşa oladigan darajada yetuk, komil inson böliş uçun faqat öqiş va izlaniş, intiliş kerakligi haqida sözladilar. Şu barobarida öz hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, taklif va maslahatlar ham berdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimliginingAxborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶