MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 29 YILLIGIGA BAĞIŞLANADI
VATANGA EHTIROM
Uluğ saltanatning uluğ vorisi,
Temuriy podşohlar ot surgan makon.
Sen-qudrat manbai, qudrat vorisi –
Saodat maskani – hur Özbekiston!
Garçi bir nuqtasan röyi zaminda
Va lekin dunyoni zabt etmiş noming.
Jannatiy nafas bor fasllaringda,
Havasga munosib şahd-u imkoning.
Yuraklarda erk – bayroq hilpirar,
Madhiyang jarangi tutmiş dunyoni.
Istiqloldan obod har çoğ gurkirar,
Sendan olmiş jahon ilm-u ziyoni.
Juğrofiy aniqlik, ilmi tib, hisob,
Şu qultuğ zamindan boşlangan daryo.
Hamon oqayotir bu daryo şitob,
Mavjida olamga yetgulik ziyo!
Özbaki şaʼn bölib dunyo kezadi,
Buyuk muhaddislar yaratgan kitob,
Ilmi nujum samo toqin bezadi.
“Hidoya” adolat yölida oftob!
Öşal mezonlardan kuç olgan Vatan,
Bağringda qulf urar mehr-muhabbat.
Bir yuz öttiz olti tilda sözlaşgan,
Xalqing saodatmand, baxtli har millat!
Sinovlar juft keldi, aziz boşingga,
Mardi-maydonlaring tutdi yelkasin.
Özing quvvat bölding keksa, yoşingga,
Kördim, timsolingda mehr ölkasin!
Jahon ayvonida bor köşk-u taxting,
Öz sözin aytguvçi aziz arkonim.
Istiqboling yoruğ, uluğdir şahding,
Saodat maskani – Özbekistonim!
Özing boşim silab turgan otamsan,
Onamsan, ardoqlab, sevib ulğaytgan.
Tanda jonim özing, halovatimsan,
Öğil-qizlarimga allalar aytgan!
O mehr ölkasi – saodat qasri –
Şon-şaraf taxtida buyuklangan Yurt.
Tegrangda çarx urar Istiqlol asri,
Robiya, tavof et, közlaringga surt!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶