VATANIMIZ TARAQQIYoTIGA MUNOSIB HISSAMNI QÖŞAMAN
Mamlakatimizda yoşlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Kelajak avlod egalarini yanada qöllab-quvvatlaş, ular bilan boğliq muammolarni öz vaqtida aniqlaş va hal qilişda taşabbus körsatişlariga imkoniyat yaratiş maqsadida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzurida Yoşlar parlamenti tuzildi.
Bu esa öz navbatida mustaqil Özbekistonimiz kelajagi bölgan biz yoşlarga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning namunasi desak, aslo mubolağa bölmaydi. Biz har birimiz istiqlol bergan neʼmatlardan oqilona foydalanib, kelgusida yurtimiz ravnaqiga öz hissamizni qöşmoğimiz, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida tutgan örnini yanada yuksaltirmoğimiz zarur.
Men ham özimning qisqa davr mobaynidagi faoliyatim davomida amalga oşirgan kamtarona mehnatim evaziga kelajak avlod egalarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida tuzilgan Yoşlar parlamenti aʼzoligiga munosib deya topildim.
Özimga bildirilgan yuksak işonçni oqlaşga astoydil intilaman va yurtimizdagi intiluvçan, iqtidorli, qobiliyatli yoşlarni aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaşni maqsadim deb bilaman. Jamiyat hayotida ertamiz egalarining tutgan örnini yanada mustahkamlaşga öz hissamni qöşişda davom etib, Vatanimizga munosib farzand bölişga harakat qilaman.
Şerali Jumamurodov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶