AMUDARYo TUMANIDA HAM “AQLLI” ELEKTR HISOBLAGIÇLAR ÖRNATILMOQDA
Tejamkorlik – barça sohalar taraqqiyotini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, elektr energiyasi taʼminotida tejamkorlikka erişiş mamlakat işlab çiqarişining barça yönalişlarida barqaror rivojlanişni taʼminlaydi. Şu bois, mamlakatimizda energiya-tejamkor resurslardan unumli foydalaniş bilan birga, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş, sarflangan elektr energiyasining aniq hisob-kitobini yuritiş, isteʼmolçilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaşda elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini keng joriy etiş orqali ularga zamonaviy şart-şaroitlar yaratiş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Maʼlumki, Prezidentimizning 2018-yil 23-oktyabrda “Elektr energiyasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. Unga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsionerlik jamiyati tomonidan 2020-yil yakunigaça mamlakatimizda 7 mln.dan ortiq isteʼmolçilarning barçasi elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanişi belgilab berilib, bu borada tizimli işlar amalga oşirila boşlandi.
Mazkur tizimning afzalliklari şundaki, tizimga ulangan isteʼmolçilar elektr taʼminoti korxonasi yoki banklar eşigida navbatga turişmaydi, hisoblagiç örnatilgaç, tizimga ulanadi va kod kiritilib, hisob raqam oçiladi. Isteʼmolçilarga barça maʼlumotlar SMS xabar orqali avtomatik tarzda yetkazib turiladi, hisoblagiçdagi maʼlumotlarni kompyuter qatʼiy nazorat qiladi.
Ayni kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasining eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Amudaryo tumanida ham aholi xonadonlariga va yuridik subʼektlariga zamonaviy hisoblagiçlar örnatiş va elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulaş işlari olib borilmoqda. Tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan energiya resurslarini hisobga oliş va nazorat qiliş uskunalari örnatiş böyiça işlar boşlanişidan oldin joylardagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari orqali maişiy isteʼmolçilarni bu borada xabardor qiliş işlari amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, joylarda tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yangi hisoblagiçning afzalliklari, undan foydalaniş yöl-yöriqlari haqida aholiga keng tuşunçalar berilayotgani bois, isteʼmolçilar bilan taʼminotçi korxona örtasida heç qanday tuşunmovçilik va muammo bölmayapti.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, 2020-yil oxirigaça tumandagi 38 ming isteʼmolçi elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanişi közda tutilgan. Yil oxirigaça tumandagi 35 ming 600 ta aholi xonadonlariga 100 foiz, yuridik subʼektlarga esa 2400 ta yangi elektr hisoblagiçlar örnatiladi. Buning uçun 38 mingta yangi hisoblagiç uskunalari keltirilib, ayni paytda uşbu hisoblagiçlarni aholi xonadonlariga örnatiş işlari boşlab yuborildi.
Amudaryo tumanida ayni paytda hisoblagiçlar maxsus mutaxassis xodimlar tomonidan Oybek, Navoiy, Beruniy nomli, Olmazor, Böston, Çordara mahallalaridagi xonadonlarga örnatilib, boşqa mahallalarda, ovullarda ham davom ettirilmoqda. Şu qatorda aholiga yangi hisoblagiçlarning işlaş tizimi töğrisida keng tuşunçalar ham berib borilmoqda. Yangi elektr hisoblagiçlar isteʼmolçilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati mablağlari hisobidan bepul örnatilmoqda.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan mutaxassislarning elektr energiyasini hisoblaş qurilmalarini örnatişlariga imkon yaratiş maqsadida öz mahallasiga yoki köçasiga elektr taʼminoti korxonasi vakillari taşrif buyurganida uyida bölişlarini söraymiz. Şuni ham unutmaslik kerakki, yangi hisoblaş qurilmasini tizimga bepul ulatişga qarşilik körsatgan yoki bunga beparvo qaragan imteʼmolçilar tarmoqdan ajratiladi va keyinçalik elektr hisoblagiçlarni öz hisobidan örnatişlariga töğri keladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶