ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI YoŞLAR IŞLARI AGENTLIGI AMUDARYo TUMANI BÖLIMI BOŞLIĞI TAYINLANDI
14-sentyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tumani bölimi boşliğini tayinlaş yuzasidan majlis bölib ötdi.
Majlisda Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği, senator Abatbay Daniyorov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, tumandagi korxona-taşkilotlar rahbarlari, faol yoşlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev kiriş sözi bilan oçdi. Tuman hokimi öz sözida davlatimiz rahbari taşabbusiga köra, yoşlar bilan boğliq soha va yönalişlarda yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, yoşlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini örnatiş, şuningdek, yoşlarning huquqlari, erkinliklari va huquqiy manfaatlarini himoya qiliş, ularga ijtimoiy-iqtisodiy tarafdan yordam körsatiş, bandligini taʼminlaş, yoşlarga oid davlat siyosatini sifatli hamda öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida Yoşlar işlari agentligi taşkil etilganligini taʼkidladi.
Taʼkidlanganidek, bu borada Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini tubdan yangilaş va yangi bosqiçga olib çiqiş töğrisida”gi Farmoni hamda “Özbekiston Respublikasi yoşlar işlari agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida” Qarori imzolangan edi. Uşbu qonun hujjatlari asosida Yoşlar işlari agentligi – yoşlarga oid davlat siyosatini işlab çiquvçi va amalga oşiruvçi, yoşlarning intellektual, ijodiy va boşqa yönalişdagi salohiyatini kamol toptiriş uçun şaroitlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiruvçi davlat boşqaruv organi etib belgilandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida Agentlikning boşqarmalari, tumanlarda (şaharlarda) bölimlari taşkil etildi.
Yiğilişda Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği, senator Abatbay Daniyorov sözga çiqib, mamlakatimizda yoşlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy yetuk va jismonan soğlom barkamol avlodni voyaga yetkaziş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida salmoqli işlar amalga oşirilib, yoşlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi xususida söz yuritdi. Taşkil qilinayotgan Yoşlar işlari agentligi yurtimizdagi yoşlarga oid davlat siyosatida eng katta yangilik bölib, uning joylardagi bölimlariga munosib nomzodlarni tayinlaş muhimligini alohida taʼkidladi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tumani bölimi boşliği lavozimiga yoşlar siyosatidagi islohotlarning tumandagi ijrosi borasida özining salmoqli hissasini qöşib kelayotgan yoşlardan biri bölgan Davletov Jasurbek Xolmurotoviç tayinlanganligini maʼlum qildi.
Jasurbek Davletovning şu davrga qadar mehnat faoliyati, yaʼni Yoşlar Ittifoqi tuman Kengaşi raisi örinbosari, “Kamalak” bolalar taşkiloti raisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelganligi töğrisida maʼlumot berildi. Uning iş faoliyati mobaynida tumanimizdagi yoş avlod egalarining, jamiyat hayotida tutgan örnini mustahkamlaş, taşabbuskor yoşlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarning orzu-intilişlari, maqsadlariga erişişlarida amaliy yordam körsatiş borasida özining munosib hissasini qöşganligi alohida aytib ötildi.
Yiğiliş iştirokçilari Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği vazifasiga tayinlangan Jasurbek Davletovning kelgusidagi işlariga muvaffaqiyat tilaşdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶