EL NAZARIDAGI INSON
Qaysi oilada murosa yaxşi bölsa, fayzi ostonasidan bilinib turadi. Hovlisi atrofini köriboq şu yerda qanday odamlar yaşaşini tasavvur etiş muşkul emas. Kimning qandayligi ötiriş-turişidan ham maʼlum.
Qiliçboy ovulining markazida şunday xonadon bor: köçadan ötgan odamning diqqatini tortgulik, to hovli tomigaça tutaşgan nafarmon rangli oçilib turgan gullar hovli oldiga tangaday oftob tuşirmaydi. Tom baravar böyli, tartib bilan ekilgan arçalar atrofga özgaça fayz-tarovat baxş etib turadi. Hovli tomon yurib, atroflarida, tomorqa çetlarida, tomorqa örtasidagi yölakça böylab qiyğos gullab turgan turfa gullar husni-yu iforiga, gözalligiga qoyil qolmay ilojingiz yöq. Beixtiyor hayrat, havasdan köz oldingizdagi ajib nafislik va gözallikni ifodalaşga söz topa olmay qolasiz.
Mening bu taʼriflarimni öqib, gulçilik bilan şuğullanib, yaxşigina daromad olayotgan oila haqida gap boşlayapti, deb aslo öylamang. Bu Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Bahrom Qodirovning xonadonidir.
Salkam 60 yoş ostonasiga yetgan Bahrom Qodirov oilada 12 nafar farzandning biri edi. Örta maktabni tugatgaç, öz qiziqişlariga binoan Farğona Politexnika institutida injener-mexanik mutaxassisligi böyiça öqidi. 21-yil Qiliçboyda faoliyat yuritgan sobiq Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida direktor örinbosari, keyinçalik uşbu kollej direktori vazifalarida işladi. 2019-yilda bölib ötgan ovul fuqarolar yiğinlari raislari saylovida qiliçboyliklarning işonçiga sazovor bölib, uşbu masʼuliyatli lavozimga saylandi. Uning zimmasiga 5452 nafar aholi istiqomat qiluvçi ovulda turmuş sifatini yaxşilaş, aholining kam taʼminlangan qatlamini moddiy qöllab-quvvatlab, öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga, oilalarda özaro mehr-oqibat va hamjihatlik barqaror bölişiga erişiş, har qanday huquqbuzarliklar, qonun buzilişlarining oldini oliş, bir söz bilan aytganda, har bir oilaning tinç-osoyişta va farovon yaşaşini taʼminlaşdek masʼuliyatli vazifalar yuklandi.
Ovul hududini aylanib, odamlar hayoti bilan, ovul fuqarolar yiğini faoliyati bilan tanişgan kişi B.Qodirovning öz vazifasini qanday ado etayotgani haqida aniq tasavvurga ega böla oladi. Yiğin 2015-yilda “Eng namunali fuqarolarning özini özi boşqariş organlari” körik-tanlovining quyi bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritib, mamlakat bosqiçida faol iştirok etganligini eʼtirof etiş örinli. Keyingi yillarda ham ovulda aholi uçun munosib turmuş şaroitlari yaratişga alohida eʼtibor berilmoqda. 2020-yilda yangi rais ovul Turkmaniston davlati bilan çegara hududda joylaşganligi sababli aholi orasida çegaraoldida tinçlik-osoyiştalik saqlanişi uçun tuşuntiriş-tarğibot işlarini yaxşi olib borganligi uçun Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli 9202 harbiy qism komandirining taşakkurnomasini olişga erişdi.
Yöldoş Jumaniyozov agrar sohada işlab, yoşga doir pensiyaga çiqqaniga ham ança böldi. Biroq oyoq uzatib, hayotga tomoşabin bölib ötirgisi kelmay, uyda çorvasi, tomorqasiga qaraşadi. Faoliyatini kengaytiriş uçun çoravasini köpaytirişga maslahatga kelgan edi, oqsoqol uni qöllab-quvvatladi va yangi ğoyalar ham berdi. Ovulda veterinariyaga oid dori-darmonlar bilan savdo qiluvçi dökon yöq, farzandlarining xususiy oziq-ovqat dökoni yoniga qöşimça xona qurib, ana şunday faoliyatni yölga qöysa, ovuldoşlar ehtiyoj uçun Manğitga borib ovora bölib yurişmasdi, yangi qulaylik yaratilgan bölar edi.
Keyin otaxon nodavlat oilaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti oçiş niyatida qurayotgan binosida olib borilayotgan işlar haqida gaplaşdilar.
Köngli kötarilib, oqsoqoldan minnatdor bölib qaytayotgan otaxon “otangga rahmat”, deb qöydi.
Bunday damlar uning hayotida tez-tez takrorlanib turadi. Şu el taşvişi bilan yaşab ötayotgan kunlari besamar ketmayotganiga, xizmatlarini el eʼtirof etayotganiga quvonadi, şahar tusiga kirgan ovul markazini, barça hududlarini aylanib, odamlar ongu-tafakkuridagi yaxşi yaşaş uçun intilişlarni anglab, quvonadi. Axir şu eldagi har bir yaxşi iş, bunyodkorlik, özgariş, yangilaniş yaxşilikdan, farovonlikdan darak beradi-da.
Hayotdan faqat berganingni olasan, deydi donolar. Agar şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, B.Qodirovning hayotga bergani ham, olgani ham bir neça kişiga uluş bölgulik: 11 nafar farzand uçirma bölgan ota hovlisini hududdagi 27-maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi bölib işlagan turmuş örtoği bilan obod, fayzli, bağri keng maskanga aylantirdi, ikki qiz, bir öğilni el koriga yaraydigan es-huşli, odobli, ilmli qilib voyaga yetkazişdi, hozir ularning ikkovi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişadi. Öğli Dilmurod 15-maktabda yoşlarga taʼlim-tarbiya beriş bilan birga hayotda otasining işonçli suyançiği, kömakçisi. U “Elmurod” masʼuliyati çeklangan jamiyatini tuzib, Qiliçboy ovuli markazida bank krediti hisobiga ikki qavatli ulkan bino qurib, oziq-ovqat dökoni, tikuvçilik xonasi, ayollar va erkaklar salonlari, maişiy texnikalarni taʼmirlaş ustaxonasi, non pişiriş tsexi, tölov qabul qiliş şoxobçasini taşkil qildi. Bu yilgi oliygohlarda öqiş istagida bölgan hudud yoşlarining hujjatlarini ham onlayn topşirişga kömaklaşdi.
Bino yertölasida esa mineral öğitlar bilan savdo qiluvçi dökon faoliyat yuritadi. Barçasi tomorqa yeriga, ijara yerga ega, azal-azaldan dehqonçilikda möl hosil yetiştiriş hadisini olgan qiliçboyliklar uçun ham, hududdagi boşqa ovul, mahallalar fuqarolari uçun ham bu juda yaxşi qulaylik böldi, vaqt, mablağ sarflab öğit uçun Manğitga kelib ketişdan qutulişdi.
Yana oilaning ikki gektarlik ijara yeri ham bor. Turli ekinlar ekib, möl hosil olişadi. Tomorqasining özidan-oq bir yillik oila ehtiyojini qoplaguday kartoşka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, bulğor qalampiri, sarim-soqpiyoz, baqlajon kabi ekinlardan hosil olinadi.
Mevasidan şoxlari egilib turgan olma, şaftoli, anjir kabi mevali daraxtlarni körgan kişining havasi kelişi tayin. Bodom, çilonjiyda, dölana kabi hududimizda kam uçraydigan mevalar ham B.Qodirovning tomorqasida bor. Yana hovli atrofi aylana qilib ekilgan 40 tup atirgul va ön xildan ortiq turli gullar hovliga özgaça fayz berib turibdi.
Oltmiş yoş ostonasiga borib qolgan, elda obrö-eʼtiborli bu insonga şunça işlarni yölga qöyişga yöl-yöriq, dalda berib ötirguvçi inson – onasi, töqson yoşga yetay deb turgan Bika momo ekan.
Umr böyi agrar sohada mehnat qilgan turmuş örtoği bilan farzandlarini oq yuvib, oq tarab, ne bir maşaqqatlar evaziga voyaga yetkazgan onaxon 33-yil maktabda farroşlik qilgan, uyda tomorqa, çorva bilan şuğullanib, farzandlarini zoriqtirmay yedirib-içirib, oyoqqa qöygan bölsa-da, hamon zehni ötkir, çor-atrofidagi voqealarga faol munosabat bildiradi, farzandlariga, nevaralariga maslahatlar berib ötiradi.
Ona-bolaning özaro suhbatlaşib ötirgan lahzalariga guvoh bölgan kişi farzandiga fidoyi ona va uning bağrida dunyo taşvişlaridan xoli bolakayni körganday böladi, göyo. Nevara, çevara, evaralarining sonini ham bilmaydigan (axir ular köpçilik) nuroniy onaxonning közlari zaiflaşgan bölsa-da, özi tetik, ziyrak, farzandlari, nevara, evaralarini qadamidan ajratib oladi.
Oiladagi özaro hamjihatlik, mehr-oqibat kişi havasini keltiradi. Uç nafar nevaralari onasi qolib “ota”, “ota”lab talpinib turganidan B.Qodirovning bolajonligini anglaş qiyin emas. Biroq har bir kun yakunlanganida öğli Dilmurodning nima işlar qilganligi, qaysi mablağni qanday sarflagani-yu ertagi kungi rejalari haqida hisobot olib ötirganida uning qiyofasida tadbirli va qattiqqöl otani köriş mumkin. Halollik, töğrisözlik, insof uning hayotda amal qiladigan asosiy qoidalari.
Ahil oilaning har bir kunini yozuvçi maroqli hikoya sahifalariga öxşatgan ekan. Ana şunday oila bunyod etgan insonlar çinakam baxtiyor insonlardir.
El nazaridagi inson Bahrom Qodirov şundaylar sirasidan. Biz unga ilohim, yurt ğamida işlab çarçamang, deya tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA,
Mahmud ŞOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶