25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:43
Jamiyat 👁 273

SAYLOVGA MUNOSIB TAYYoRGARLIK KOʻRILMOQDA

SAYLOVGA MUNOSIB TAYYoRGARLIK KOʻRILMOQDA

Shu yil 20-sentyabr yakshanba kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida boʻshab qolgan oʻrinlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarga 24-Oq oltin va 28-Daryoboʻyi saylov okruglarida munosib tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.  
Oʻtgan 2019-yilda qabul qilingan Saylov kodeksi mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan saylov jarayonlarini mukammal darajada tashkil qilish, saylovlarni ochiq, oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda oʻtkazish, shuningdek, saylov qonunchiligi asoslarini yanada mustahkamlash borasida muhim hujjat boʻldi. Saylov kodeksining qabul qilinishi bilan saylov qonunchiligida koʻplab oʻzgarishlar kiritildi. Shunday oʻzgarishlardan biri sifatida aytish mumkinki, avval uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari jamoatchilikning obroʻli vakillari orasidan tayinlanadi, deb belgilab qoʻyish bilan cheklanilgan boʻlsa, endi Kodeksning 23-moddasiga asosan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilishi mustahkamlab qoʻyildi.
Ushbu qonun hujjatida belgilangan tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinayotgan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida boʻshab qolgan oʻrinlarga saylov oʻtkazish uchun 2 ta saylov okrugi va 4 ta saylov uchastkalari tashkil qilingan boʻlib, shundan 28-Daryoboʻyi saylov okrugi tarkibiga 131-saylov uchastkasi hamda 132-saylov uchastkalari kiradi.
131-saylov uchastkasining uchastka saylov komissiyasi Qipchoq shaharchasida 1-sonli kasb-hunar maktabi binosida joylashgan boʻlib, uchastka chegaralari Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini hududida joylashgan barcha turar joylar hamda Daryoboʻyi mahalla fuqarolar yigʻinidagi Taraqqiyot aholi punkti janubiy qismidagi 75 ta turar joylardan boshqa barcha turar joylar qamrab olingan. Mazkur saylov uchastkasidagi saylov huquqiga ega boʻlgan jami saylovchilar soni 2751 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, saylov okrugi tarkibidagi 132-saylov uchastkasining uchastka saylov komissiyasi Beshtom mahallasidagi 24-sonli maktab binosida joylashgan boʻlib, unga fuqarolar yigʻini hududidagi Beshtom va Xoʻjakoʻl aholi punktlarida joylashgan turar joylar kiradi. Mazkur hududlardagi saylash huquqiga ega boʻlgan saylovchilar soni 1464 nafardan iborat.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga 28-Daryoboʻyi saylov okrugida 3 nafar nomzodlar roʻyxatga olingan boʻlib, ular aholi bilan tanishtirilmoqda. okrug saylov komissiyasi aʼzolari saylovga munosib tayyorgarlik koʻrishmoqda. Mazkur okrug saylov komissiyasi Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini binosida faoliyat olib bormoqda. Ushbu okrug hududiga Qipchoq shaharchasi, Daryoboʻyi va Beshtom mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisi qamrab olingan.
28-Daryoboʻyi saylov okrugida 2 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan boʻlib, ulardagi saylash huquqiga ega boʻlgan  jami saylovchilar soni – 4215 (toʻrt ming ikki yuz oʻn besh) nafardan iborat.
Tuman saylov komissiyasining qarori bilan tuzilgan 2 ta saylov okrugi hamda ulardagi saylov uchastkalarida saylov jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Binolar zaruriy jihozlar, saylovga oid qoʻllanmalar bilan taʼminlanib, atroflari obodonlashtirildi.
Mazkur saylov okruglarida deputatlikka nomzodlarga va ularning ishonchli vakillariga saylovoldi tashviqotini olib borishda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun teng sharoitlar berildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan mustaqil ravishda oʻtkazildi. Nomzodlar har bir uchrashuvda saylovchilarga partiya va oʻzining saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, ularni amalga oshirish yoʻllari haqida batafsil maʼlumot berib bordilar. Ularning saylovoldi dasturidagi partiya gʻoyalari bilan uygʻun holda ilgari surilgan tashabbuslar saylovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu hududlardagi saylovchilar oʻzlari tanlagan nomzodlarga ovoz berish uchun saylov kuniga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.


Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026