21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 19:15
Jamiyat 👁 174

TUMANDAGI 2-SEKTOR HUDUDI AHOLISI PANDEMIYa DAVRIDA KÖRSATILGAN MODDIY YoRDAMDAN MAMNUN

TUMANDAGI 2-SEKTOR HUDUDI AHOLISI PANDEMIYa DAVRIDA KÖRSATILGAN MODDIY YoRDAMDAN MAMNUN

Bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarida yölga qöyilgan sektorlar faoliyati davlat organlarini aholi bilan yanada yaqinlaştiriş, xalq bilan tizimli muloqotni yölga qöyişda muhim omil bölmoqda. Sektorlar faoliyatini yölga qöyiş ayni paytda aholining muammolarini joyida, tuman, viloyat va respublika darajasida hal yetişni taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Hokimlik, prokuratura, içki işlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boşçilik qilayotgan sektorlar öz hududlarida barça ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etiş bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlaş va huquq-tartibotni taʼminlaş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Şu xususdan, tumanimizdagi sektorlar ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi muammolarini örganiş hamda joyida hal qiliş, mamlakatimizda barça sohalardagi islohotlar ijrosini taʼminlaş borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, tuman prokurori Javlon Muftullayev rahbarligidagi 2-sektor hududida ham qator salmoqli işlar qilinmoqda.
Maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, 2-sektor hududida 17 ta ovul hamda mahalla fuqarolar yiğinlaridagi 11484 ta xonadonda 64829 nafar aholi istiqomat qiladi. Pandemiya davrida sektor hududida yaşovçi kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvçisini yöqotgan oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida keng qamrovli çora-tadbirlar olib borildi. Sektor hududida koronavirus pandemiyasi sababli daromad manbaidan ayrilgan yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar soni 324 tani taşkil qilib, şundan 193 tasi kam taʼminlangan va 131 ta pandemiya sababli daromadini yöqotgan oilalar hisoblanadi.
Sektor hududida “Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş” markazi orqali yordamga muhtoj oilalarga har tomonlama kömak beriş maqsadida homiylar biriktirilib, ular tomonidan öz vaqtida kerakli oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini beriş hamda naqd pul körinişida moddiy yordam körsatilmoqda. Qolaversa, daromadsiz qolgan oilalarga ijaraga yer berilişida amaliy yordam körsatilib kelinmoqda. Şu davrga qadar sektor hududidagi 324 ta yordamga muhtoj oilalarga jami 435 mln. 845 ming sömlik doimiy ravişda kömak berildi.
Qayd etiş joizki, Özbekiston Respublikasi hukumatining 2020-yil 29-iyul kungi farmoyişiga asosan “Saxovat va kömak” fondi orqali himoyaga muhtoj oilalarga ajratilgan moddiy yordam pullaridan tumanning 2-sektor hududidagi 193 ta extiyojmand oilalarning har biriga 1 million sömdan jami 193 million söm moddiy yordam pullari tarqatilişi taʼminlandi.
Şuningdek, pandemiya sababli işsiz qolgan mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini taʼminlaş borasida ham bir qator işlar qilindi. Xususan, şu davrga qadar sektor hududidagi 293 nafar işsiz fuqarolarning 271 nafari iş bilan taʼminlandi. Ularning 61 nafari jamoat işlariga, 3 nafari hunarmandçilikka, 1 nafari oilaviy tadbirkorlikka, 19 nafari sanoat loyihalariga, 51 nafari agrosanoat loyihalariga, 16 nafari kooperatsiya asosida, 11 nafari takroriy ekin ekiş işlariga, 2 nafari quriliş obʼektlariga jalb etildi. Qolaversa, Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan 85 nafar, norasmiy bandlik böyiça 18 nafar, özini özi band qiliş hamda boşqa sohalar böyiça fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Taʼkidlaş kerakki, 2-sektor rahbari tuman prokurori Javlon Muftullayev taşabbusi bilan sektor hududida 4 ta qişloq xöjaligi kooperativi taşkil etilib, ularga jami 18,1 gektar yer maydoni ajratildi va şu orqali 36 nafar işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Jumladan, Amir Temur ovuli hududida “BAXTIYOR–AVEZOV” va “SHAXRIYAR-NORBAEV”, Yuqori qişloq mahallasi hududida “QURBANBAEV-PO’LAT” hamda Beş ovul mahallasi hududida “O’ROZBOYEV-XURSHID” işlab çiqariş kooperativlari taşkil qilindi.

Muxtasar aytganda, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida taşkil qilingan barça sektorlardagi  kabi 2-sektorda ham aholiga qulay turmuş şaroiti yaratiş, ularning muammolarini öz joyida hal etiş, fuqarolar bilan yanada yaqinroq bölib, ularning tinç-osuda, farovon hayot keçirişlariga kömak beriş borasida barça çoralar amalga oşirilmoqda.  
Hudud aholisi pandemiya sabab qiyin şaroitda qolgan bir paytda özlariga körsatilayotgan bunday eʼtibor va ğamxörlikdan nihoyatda mamnun bölmoqda. Sektor masʼullari esa aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, turmuşida sezilarli ijobiy özgarişlarga erişişini taʼminlaş maqsadida fuqarolar bilan muloqotni kuçaytirib, örganilgan muammolarni bartarf etiş borasida izçil çora-tadbirlarni amalga oşirişmoqda.

Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026