Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş tarğib qilinmoqda
Mamlakatimizda ekologik musaffolikni saqlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, tabiatni asrab-avaylaş borasida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Boisi har bir jonzot, odamzotning tirikligi, hayot keçirişi tabiat bilan çambarças boğliq.
Afsuslanarli jihati – qator yillar davom etgan insonlarning tabiatga notöğri munosabati oqibatida tabiiy muvozanatga putur yetdi. Natijada bugungi kunga kelib, insoniyat ekologik muammolar qurşovida qoldi, zilzilalar, yonğin, töfon, suv taqçilligi, ösimliklar va hayvonot dunyosining turi tobora kamayib borayotgani, iqlim özgarişlari va boşqa köplab global muammolar yuzaga keldi.
Yurtimizda ekologik muvozanat yaxşilanişi yölida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, sohaga oid qonunçilik mustahkamlanayotgani va takomillaştirilayotgani, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirişga, atrof-muhitga oqilona munosabatda böliş, tabiiy boyliklarni kelgusi avlodga bezavol yetkaziş yölida çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani kelgusida albatta, özining ijobiy natijalarini beradi.
Aytiş joizki, ekologik muammolar faqatgina bizning yurtimizdagina emas, butun dunyoda kuzatilmoqda. Bunga qarşi kuraş çoralari sifatida har yili 19-sentyabrda “Butunjahon tozalik kuni” sifatida nişonlanadi. Bu kunda tabiiy barqarorlikni saqlaşga xizmat qiluvçi köpgina tadbirlar ötkaziladi, fuqarolar könglida tabiatga mehr uyğotiladi va tejamkorlikka örgatiladi.
Mazkur sana munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi Amudaryo tuman inspektsiyasi va “Toza hudud” davlat unitar korxonasi hamkorligida bir qator tadbirlar ötkazildi. Xususan aholiga mavzu yuzasidan keng tuşuntirişlar olib borildi, hovli-joylarni toza-ozoda saqlaş, maişiy çiqindilarni belgilanmagan joylarga taşlamaslik, har bir odam avvalo öz hovlisi, köçasi ozoda va obod bölişi uçun intilmoği, hovlilar fasad qismini kökalamzorlaştiriş, mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekib, parvarişlaş lozimligi borasida tarğibot-taşviqot olib bordilar.
Şu kuni “Toza hudud” davlat unitar korxonasi işçilari va köngilli aholi Manğit şahrining Olmazor, Böston mahallalari hududlarini töplanib qolgan çiqindilardan tozalaşdi va Qipçoq köçasi böyidagi manzarali daraxtlarni oqlab, yöl böylarini obodonlaştirdilar.
Qipçoq şaharçasining daryo sohiliga yaqin hududda istiqomat qiluvçi aholi orasida çiqindilar taşlamaslik, daryo suvini iflos qilmaslik yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. Şundan keyin “Boday töqay” qöriqxonasining Amudaryo tumaniga qaraşli hududida örmonni qöriqlaşga masʼul bölgan örmonbegilari bilan suhbat ötkazildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi Amudaryo tuman inspektsiyasi boşliği Nurbek Uzoqboyev, birinçi darajali inspektori Nilufar Abdullayevalar bebaho tabiiy boylik hisoblanmiş töqaydagi har bir nabotat, hayvonot turlarini köz qoraçiğiday asraş, daraxtlarni ötin qiliş maqsadida kesib ketişlariga yöl qöymaslik lozimligi xususida gapirdilar.
Masʼullar örmonbegilarni, aholini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytardilar.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶