SUD-HUQUQ ORGANLARI FAOLIYaTINI RAQAMLAŞTIRIŞ-ŞAFFOFLIK VA OÇIQLIKNI TAʼMINLAYDI
Bugungi kunda sud-huquq tizimida ötkazilayotgan islohotlar faqat sözdangina iborat bölib qolmasligi, balki amaliy qiyofa kasb etişi uçun islohotlar jarayoni sobit qadamlik bilan davom ettirilmoqda. Yaʼni, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan sud-huquq islohotlarining tub mohiyati – sudlarni tom maʼnoda xalqning haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini çinakam himoya qiladigan organga aylantirişdan iboratdir. Şu nuqtai nazardan yondaşadigan bölsak, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 3-sentyabrda imzolangan “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ4818-sonli Qarori sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, orqali xalqimizga sud-huquq sohasi böyiça xizmat körsatişni yanada yaxşilaş. Fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga öz huquq va manfaatlarini himoya qilişda sudga murojaat qilişni erkinlaştiriş, odil sudlovga erişişida sudlar faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş imkonini beradi. Unga köra, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga körsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turi yanada kengaytiriladi, murojaatni körib çiqiş jarayonining onlayn kuzatib borlişi taʼminlanadi.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, uşbu Qaror bilan sudlarda odil sudlovni amalga oşiriş uçun zarur bölgan maʼlumotlarning tezkorlik bilan olinişini taʼminlaş maqsadida vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar bilan elektron maʼlumotlar almaşinuvi böyiça işlar yanada kengaytirilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, sud majlislarida masofadan turib iştirok etiş, yaʼni mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boşqa şakllari orqali iştirok etiş, sud qarorlarini onlayn tarzda oliş imkoniyatini taʼminlaşni kengaytirişga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Mazkur Qaror bilan 2020-2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlaştiriş dasturi izçillik bilan amalga oşiriladi. Xususan, 2021-yil 1-yanvardan boşlab, barça sudlarda sud majlislarini iş böyiça taraflarning va sud raisining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etiş, 2021-yil 1-iyuldan boşlab apellyatsiya va kassatsiya inetantsiyasi sudlarida işlarni sudyalar örtasida avtomatik tarzda taqsimlaş, 2021-yil 1-oktyabrdan eʼtiboran barça iştirokçilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” orqali bepul xabardor qiliş, 2022-yil 1-yanvardan boşlab sud qarorlarini iş böyiça taraflarga onlayn yoki taraflar roziligi bilan yozma, qoğoz şaklida yetkaziş, şuningdek belgilangan muddatlarda odil sudlovga erişiş maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlarni körsatiş, sud işlarini davlat arxiviga elektron şaklda topşiriş kabi xalqimiz manfaatlariga xizmat qiluvçi yangiliklar joriy etilmoqda.
Şuningdek sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilaşda tumanlar kesimida örtaça oylik iş haqlari töğrisidagi maʼlumotlarni ham axborot tizimi orqali elektron şaklda oliş amaliyoti ham sohaga töliq joriy etilişi közda tutilgani bu borada şaffoflik va oçiqlikni taʼminlaydi. Endilikda aliment böyiça qarzdorlar öz daromadlarini yaşira olmaydilar va bu borada soxtakorlikka, byurokratik tösiqlarga barham beriladi.
Xulosa qilib aytganda, “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Qarori eng avvalo xalqimiz manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilişda, sud-huquq tizimida şaffoflikni taʼminlaşda eng muhim ijtimoiy va huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Q. Atamuratov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶