ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QÖLLAB-QUVVATLAŞ VAZIRINING BIRINÇI ÖRINBOSARI AMUDARYo TUMANIGA TAŞRIF BUYuRDI
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Gulnora Maʼrufova hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedovalar tumanimizga taşrif buyurdilar. Taşrifdan közlangan asosiy maqsad tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, mahalla fuqarolar yiğinlaridagi şart-şaroitlar, mahallalardagi xotin-qizlar bilan işlaş holatini yaqindan örganiş hamda soha xodimlari bilan tajriba almaşiş, zaruriy tavsiyalar beriş böldi.
Taşrif çoğida mutasaddilar karantin qoidalariga töla amal qilgan holda tumanimizning Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini, Çoyköl va Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini hamda Gulzor mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlarining iş faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Masʼullar fuqarolar yiğinlari xodimlarining iş yuritiş, mahalla raisi va örinbosarlarining vazifalari, iş tartibi böyiça belgilab berilgan uslubiy qöllanma asosida qanday amaliy işlar olib borayotganini örgandilar. Örganiş jarayonida yöl qöyilayotgan kamçiliklar körsatilib, uslubiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Şuningdek, fuqarolar yiğini binolaridagi yaratilgan şart-şaroitlar, iş hujjatlarining yuritilişi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bandligini taʼminlaş, mahalla xodimlari bilan birgalikda nomenklatura hujjatlar böyiça olib borilayotgan işlar örganildi. Örganiş jarayonida mutasaddilar Çoyköl ovul fuqarolar yiğinining “Ayollar daftari”dagi 5 nafar xotin-qizlarga kasb-hunar örgatiş orqali bandligini taʼminlaş maqsadida tikuvçilik böyiça qöşimça bepul öquv maşğulotlari taşkil qilinganligining, zamonaviy uslubda qurilgan Gulzor mahallasi, rekonstruktsiya qilingan Qiliçboy ovuli fuqarolar yiğinlari binosida barça qulaylik hamda şart-şaroitlar yaratilganligining guvohi böldilar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar bilan suhbat çoğida ularning muammolari bilan qiziqdilar.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Gulnora Maʼrufova hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedovalar vazirlikning tuman bölimi binosida sektorlar rahbarlari bilan uçraşdilar. Mehmonlar yangidan rekonstruktsiya qilingan binoda yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, sektorlar rahbarlari bilan barça sohalarda olib borilayotgan işlar xususida suhbatlaşdilar.
Suhbat çoğida fuqarolar yiğinlari moddiy-texnika bazasini yanada yaxşilaş, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandiligini taʼminlaş böyiça fikrlar almaşildi. Şuningdek, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği hamda örinbosarlariga iş faoliyatlari böyiça zaruriy tavsiyalar berildi.
Gavhar Çimbayçiyeva, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan işlaş böyiça boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶