TUMANDAGI FUQAROLIGI BÖLMAGAN ŞAXSLAR ÖZBEKISTON FUQAROSI BÖLDI
Mamlakatimizda 2020-yil 13-martda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Qonuni bilan fuqaroligi bölmagan şaxslarga Özbekiston fuqaroligi berilişi böyiça yangi tamoyillar belgilandi. Qonunga binoan 1995-yilning 1-yanvariga qadar Özbekiston Respublikasi hududida doimiy röyxatdan ötib, fuqaroligi bölmagan şaxs uçun yaşaş guvohnomasi bilan yaşab kelayotgan şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasining fuqaroligini tan oliş tartibi kiritildi.
Uşbu qonun hujjati ijrosini taʼminlaş borasida tumanimizda ham samarali işlar qilinmoqda. Joriy yilning 28-sentyabr kuni tuman Içki işlar bölimida hududdagi 29 nafar fuqaroligi bölmagan şaxslarga Özbekiston fuqaroligi pasporti topşirildi. Uşbu marosimda tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi boşliği Erkin Rajabov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov, tuman prokurori yordamçisi Sulton Yormuhammedovlar iştirok etdilar.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, joriy yilning şu davriga qadar tumanda jami 85 nafar şaxslarning Özbekiston fuqaroligini oliş töğrisidagi arizalari qabul qilingan bölib, arizalar tuman Içki işlar bölimining Xorijga çiqiş-keliş va fuqarolik bölimi tomonidan örganilmoqda. Şu kunga qadar ulardan 49 nafariga Özbekiston fuqaroligi pasporti berilgan bölib, qolgan 36 nafar fuqaroligi bölmagan şaxslarning arizalari örganilib, Özbekiston fuqaroligi beriş çoralari körilmoqda.
Taʼkidlaş kerakki, yangi tahrirdagi “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Qonunining qabul qilinişi bilan Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş tartib-taomillari liberallaştirildi. Bolaning fuqarolik sohasidagi huquqlari mustahkamlanib, Özbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari böyiça şikoyat qiluvçi şaxslarning eʼtirozlari kamaymoqda. Şuningdek, mamlakat hududida doimiy istiqomat qiladigan fuqaroligi bölmagan şaxslar soni keskin qisqarib, yurtdoşlarimiz Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga soddalaştirilgan tartibda qabul qilinmoqda.
Tadbirda iştirok etgan masʼullar uşbu qonun hujjati talablariga muvofiq, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan, 2020-yil 1-aprel kuniga qadar fuqaroligi bölmagan şaxs uçun Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi asosida yaşab turgan
va Özbekiston Respublikasi fuqarosi böliş istagini bildirgan fuqaroligi bölmagan şaxs Qonunda körsatilgan tartibda Özbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinişini aytib ötdi. Uşbu keltirilgan şartlardan loaqal birining mavjud emasligi, Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olişni rad etişga asos hisoblanişini taʼkidlaşdi.
Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, şaxsini tasdiqlovçi yangi hujjatga ega bölgan yurtdoşlarimiz köp yillik orzulari uşalganidan nihoyatda xursand böldilar. Har biri şu aziz Vatan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga imkon boriça harakat qilişlarini aytib, yaqindan yordam bergan masʼullarga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶