TUMAN MAHALLA VA OILANI QÖLLAB-QUVVATLAŞ BÖLIMI BINOSINING OÇILIŞ MAROSIMI BÖLIB ÖTDI
Joriy yilning 3-oktyabr sanasida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmatjon Mamatov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, birinçi örinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, bölim boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova va boşqa masʼullar, korxona-taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari iştirok etdilar.
Ilgari tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi faoliyat olib borgan mazkur binoning rekonstruktsiya işlari mahalliy byudjet mablağlari hisobidan pudratçi taşkilot “Temir beton” MÇJ tomonidan olib borilgan. Quriliş-taʼmirlaş işlariga jami 755 mln. söm mablağ sarflangan bölib, binoda barça qulaylik hamda şart-şaroitlar yaratilgan, zamonaviy körinişga keltirilgan.

Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar mamlakatimizda mahalla va oilani yanada qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlarning jamiyatdagi örnini yanada mustahkamlaş orqali aholining turmuş farovonligini, insonlarning hayotdan rozi bölib yaşaşlarini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilib, köplab çora-tadbirlar amalga oşirilayotganligi xususida söz yuritdilar. Şuningdek, Prezidentimizning 18-fevral kungi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bu boradagi vazifalarni amalga oşirişda muhim dasturulamal bölib xizmat qilayotganini qayd etdilar.
Mazkur Farmon bilan taşkil qilingan Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar va tuman bölinmalari tomonidan jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining tölaqonli va samarali joriy etilişiga har tomonlama kömaklaşiş, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan yaqin hamkorlikni örnatiş, oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga doir davlat siyosatining samarali amalga oşirilişini taʼminlaş borasida keng qamrovli işlar olib borilmoqda.
.jpg)
Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi ham belgilangan vazifalarni amalga oşirişda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bölim tomonidan tumandagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini, jamiyatdagi örni va rolini kuçaytiriş, aholi kundalik muammolari bilan işlaş, mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça amaliy işlar qilinmoqda. Undan taşqari, yolğiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy kömaklaşiş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlaş, notinç va muammoli oilalarga manzilli kömaklaşiş, xotin-qizlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, ularning bandligini taʼminlaş borasida har tomonlama manzilli işlar taşkil etilmoqda.

Marosimda sözga çiqqanlar tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi masʼullarini yangi bino oçilişi bilan samimiy tabrikladilar va kelgusidagi işlarida yangi zafarlar, yutuqlar, muvaffaqiyatlar tiladilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶