OÇIQ SUDDA YÖL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR JINOYaT IŞI KÖRIB ÇIQILDI
Respublikamiz hududida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, oğir oqibatli yöl-transport hodisalarining oldini oliş, haydovçilik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan çora-tadbirlar körilmoqda. Şunga qaramasdan, yöllarda qoidalarga amal qilmaslik oqibatida turli transport hodisalari sodir bölib, insonlarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Bunday holatlarning oldini oliş va qoidabuzarliklarga nisbatan körilayotgan çoralarning samaradorligini oşiriş maqsadida joylarda oçiq va sayyor sud majlislari taşkil etilmoqda.
Yaqinda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi binosida oçiq sud majlisi ötkazildi. Sudda yöl-transport hodisasini sodir qilganligi natijasida Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvçi fuqaroga oid jinoyat işi körib çiqildi.
Dastlabki tergov organi tomonidan uşbu fuqaroning keçki payt boşqa bir şaxsga tegişli bölgan “Spark” rusumli avtotransport vositasini heç qanday xujjatlarsiz, spirtli içimlik içib, mast holatda boşqarganligi natijasida yöl-transport hodisasini sodir qilganligi aniqlangan. Natijada u Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kungi 370-sonli qarori bilan tasdiqlanib, 2016-yil 1-mart kunidan amalga kiritilgan “Yöl harakati qoidalari” talablarini buzib, uşbu yölning şarq tomonida öz yölida davlat raqam belgisi bölmagan mototsiklni boşqarib ketayotgan boşqa bir fuqaroning tan jarohati olişiga sababçi bölgan. Jabrlanuvçiga tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, mototransport haydovçisiga “oğir” darajadagi tan jarohati yetkazilgan. Yöl-transport hodisasini sodir qilgan huquqbuzar öz yölida harakatlanayotgan fuqaroga tan jarohati yetkazganligi uçun Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, işga jalb qilingan.
Oçiq sud majlisi davomida ayblanuvçi, jabrlanuvçi va fuqaroviy daʼvogarning sözlari tinglandi. Davlat ayblovçisining fikri iş materiallari bilan taqqoslanib, tekşirib çiqildi.
Sud yakunida ayblanuvçiga oid jinoyat işi tegişli qonunlarga köra, ayblilik haqidagi masalasi hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
S.Davletmurodov, Amudaryo tumani Jinoiy işlar böyiça sud raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶