22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 231

USTOZLAR ShARAFLANDI

USTOZLAR ShARAFLANDI

Mamlakatimizda xalq taʼlimi sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli soʻnggi 3-4-yil ichida maktab va oʻqituvchi-murabbiylar nufuzi yanada oshdi. Avvalo shuni eʼtirof etish kerakki, maktab taʼlimini rivojlantirish, taʼlim-tarbiya ishlarini zamon talablari darajasiga koʻtarishda oʻz vazifasiga masʼuliyatli, fidoyi  oʻqituvchilarning hissasi katta. Ularga yuksak ehtirom koʻrsatish maqsadida mamlakatimizda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, dunyo miqyosida esa 5-oktyabr – Xalqaro oʻqituvchilar kuni sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan 38-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Ustoz mehnatini qadrlaymiz” mavzusidagi adabiy-musiqiy tadbir ishtirokchilari ham ustozlar mehnatiga yuqori baho berdilar va oʻqituvchilarni jamiyatimizda eng ilgʻor fikrli insonlar, deya taʼrifladilar.
Haqiqatan ham hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan murgʻak bolani ilm yoʻllariga boshlabgina qolmay, unga hayot sabogʻini ham bergan, yutugʻidan eng birinchi quvonib, xatosini hammadan avval anglagan va kechirgan, qiynalsa, yelkasini tutib, dard-u gʻamlariga sherik boʻlgan oʻqituvchi va murabbiylar har bir inson uchun aziz, qadrli.
Boʻlib oʻtgan tadbirda maktabning eng faol, bilimdon va tajribali oʻqituvchilarining nomlari alohida hurmat bilan tilga olindi. Xususan, rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Muhabbat Otajonova, Kaliforniya Universiteti sertifikatini qoʻlga kiritgan oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi Yulduz Roʻzmetova, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi Nazira Usmonova, shuningdek, bilimlar bellashuvi hamda nufuzli sport musobaqalarida oʻquvchilari doimiy ravishda yuqori natijalarga erishayotgan, 2019-2020 oʻquv yilini onlayn tarzda muvaffaqiyatli yakunlagan 45 nafar oʻqituvchi va murabbiylar homiylar tomonidan munosib taqdirlandilar. Oliy toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Muhabbat Allamberganova hamda Sharofat Saidovalar erishayotgan yutuqlar esa alohida eʼtirof  etildi.
Tadbirda “Jayxun ilohomlari” NNT raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻrozali Reyimov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari suratchi-muxbiri Mahmudjon Shomurodovlar ishtirok etishib, Oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladilar.
“Ustoz xizmatini qadrlaymiz” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda maktabning 3-“A” sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

Raʼno AVAZMURODOVA, 38-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026