MAQSADIMIZ - TADBIRKORLARGA TAYaNÇ BÖLIŞ
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019-yil 14-maydagi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimizdagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi tomonidan köpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Tadbirkorlik sohasidagi aniqlangan muammolarni tahlil qiliş hamda ularni hal etiş böyiça qabulxona huzurida tuman idoralarining vakillaridan iborat işçi guruhi, ştab, vakolatli organlar vakillari, tumandagi faol tadbirkorlar, huquqşunoslar va tadbirkorlarning boşqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi faoliyat yuritmoqda.
2020-yil 1-oktyabrgaça qabulxona tomonidan hududlarda joylardagi muammolarni aniqlaş va hal etişga kömaklaşiş maqsadida 32 ta sayyor qabullar taşkil etildi. Olib borilgan tarğibot-taşviqot işlari hamda ötkazilgan suhbatlar davomida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi fuqarolarga yöl-yöriqlar berildi. Qabulxonada jami 250 ta masala böyiça 238 ta murojaatlar röyxatga olindi. Kelib tuşgan murojaatlarning 7 tasi Respublika miqyosidagi, 84 tasi Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi, 147 tasi tuman miqyosidagi murojaatlar bölib, ularning 64 tasi ötkazilgan sayyor qabullar orqali, 89 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qiliş orqali, 90 tasi “Işonç telefoni” (call markazi) orqali, 5 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tuşgan.
Röyxatga olingan 238 murojaatlardagi 250 ta masalalardan 162 tasi qanoatlantirilgan, 84 tasiga tuşuntirişlar berilgan, 4 tasi esa tegişli taşkilotlar tomonidan körib çiqilmoqda.
Murojaatlar asosan kredit masalasida 65 ta, yer, kadastr va arxitektura quriliş masalalari böyiça 49 ta, infratuzilma masalalari böyiça 14 ta, boşqa masalalar böyiça 122 ta kelib tuşgan.
Amudaryo tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasiga kredit oliş böyiça murojaat qilgan tadbirkorlarga tijorat banklaridan kredit mablağlari ajratilişiga amaliy yordam berildi.
Şu yilning 25-mart kuni tumanimizning Böz yop ovulida yaşovçi “Köklan qöyboq” fermer xöjaligi rahbari Xudoybergenov Dilmurod Köklanoviçning fermer xöjaligiga "Agrobank" Amudaryo filialidan naslli çorva mollari oliş uçun 223 mln. söm miqdorida kredit olişga hujjatlarini topşirganligi, biroq hal bölmayotganligi yuzasidan bank tomonidan taʼminotçidan çorva mollarini olişga kafolat xati berilişida va kredit ajratilişida amaliy yordam sörab, murojaat qilgan edi. Murojaat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi tomonidan "Agrobank" Amudaryo filialidan söralgan kredit miqdori ajratilişiga amaliy yordam berildi.
Manğit şahrining Olmazor mahallasida yaşovçi tadbirkor Sardor Matyoqubov esa 2 qavatli “Yoşlar mehnat guzari” binosini foydalanişga qabul qiliş böyiça kadastr hujjatlarini oliş uçun ovora bölayotganligini bildirib, qabulxonaga 2020-yil 21-yanvar kuni amaliy yordam sörab murojaat qilgan edi. Uning murojaati ham körib çiqilib, “Yermulkkadastr” DK Amudaryo tumani filiali tomonidan ijobiy hal etilişiga kömak berildi.
Qabulxona faoliyatida buningdek misollar juda köp. Bundan közlangan asosiy maqsad esa mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim örin tutuvçi tadbirkorlarga tayanç böliş, ular uçrayotgan muammolarning qisqa muddatda bartaraf etilişiga yaqindan yordam berişdir.
M.ÖROZBOYeV, Amudaryo tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining
Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi yetakçi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶