“Hormang, fidoyi yoşlar” loyihasi doirasida tadbir bölib ötdi
17-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi paxta-yiğim terim işlariga öz hissasini qöşayotgan fidoyi yoşlarni rağbatlantiriş hamda ularga huş kayfiyat ulaşiş maqsadida “Hormang, fidoyi yoşlar” loyihasi doirasida tadbir bölib ötdi.
Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar” fermer xöjaligi paxta dalasida taşkil qilingan tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Abatboy Daniyarov, Respublikadagi faol yoşlar, yoş volonterlar, şuningdek, tumandagi fidoyi yoşlar otryadi aʼzolari, uyuşmagan yoşlar iştirok etdilar. Tadbir kötarinki hamda bayramona ruhda taşkil qilindi. Loyiha doirasida ötkazilgan tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi hamda tumanimizdagi madaniyat bölimida faoliyat yuritayotgan estrada xonandalari, söz ustalari, özlarining ajoyib kuy-qöşiqlari va çiqişlari bilan fayz bağişladi.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, tumanimizdagi mirişkor dehqon va fermerlari tomonidan yetiştirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yiğib-terib olişda Özbekiston Yoşlar işlari agentligi tumani bölimi tomonidan taşkil qilingan “Fidoyi yoşlar otryadlari” aʼzolari özlarining munosib hissalarini qöşib kelmoqdalar. Vaqtinça band bölmagan yoşlarni mavsumiy işlarga jalb qiliş maqsadida tuzilgan “Fidoyi yoşlar otryadlari” aʼzolari soni 825 nafarni taşkil qiladi. Mavsum davomida mazkur otryad aʼzolari kuniga örtaça 100-120 kg paxta terib, yuksak xirmon barpo qilişga kömak bermoqdalar. Paxta dalalarida tumanimiz mirişkor dehqon va fermerlari tomonidan otryad aʼzolari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Tumanimizning ana şunday mehnatsevar, fidoyi yoşlarining “oq oltin” xirmonini yaratişdagi xizmatlarini munosib rağbatlantiriş maqsadida ötkazilgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Abatboy Daniyarov yurtimizdagi yoşlar siyosatida amalga oşirilayotgan islohotlar xususida nutq sözladi. Senat aʼzosi öz sözida vatanimiz ertasi bölgan yoş avlod egalarining jamiyat hayotida öz örnini topişlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar va ulardan oqilona foydalaniş, yoşlar bandligini taʼminlaş borasida qilinayotgan işlar, yoşlarimizning ertangi taqdiri har doim davlat eʼtibori markazida ekanligi borasida töxtaldi.
Tadbirda estrada yulduzlari, sanʼat ustalari, iqtidorli yoşlar tengdoşlarini öz ijod namunalaridan bahramand qildilar. Vatan, döstlik va yoşlikni tarannum qiluvçi qöşiqlar, kuylar va raqslar paxtakor yoşlarga katta kuç-ğayrat bağişladi.
Aytiş joizki, joriy yil erta bahordan Amudaryo tumanidagi 362 ta fermer xöjaliklari tomonidan 15 ming 250 gektar maydonga çigit ekildi. Şundan 3 ming 350 gektariga “C 47-27” navli, 8 ming 985 gektar ekni maydoniga “Sulton” navli, 2 ming 915 gektar maydonga yangi navli çigit ekildi. Mehnatsevar paxtakorlarimizning öz vaqtida amalga oşirgan agrotexnik tadbirlari natijasida ğöza nihollari bir tekis unib çiqdi. Vegetatsiya davrida barça agrotexnik tadbirlar sifatli olib borildi. Jumladan, ğöza nihollarini yaganalaş, qator oralariga işlov beriş, begona ötlardan tozalaş, suğoriş va oziqlantiriş, çekanka qiliş kabi tadbirlar malakali mutaxassislarning tavsiyalari va dehqonlarimizning köp yillik tajribalari asosida tajribali amalga oşirildi.
Yiğim-terim işlarini qisqa muddatlarda amalga oşiriş maqsadida çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilib, 290 ta terim otryadlari taşkil qilindi. Uşbu terim otryadlariga tajribali xöjalik faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlandi. Terim otryadlariga esa jami 23 ming 266 nafar terimçilar jalb qilindi. Şundan 9283 nafarini fermer xöjaligi işçilari taşkil etgan bölsa, qolgan 13 ming 983 nafari uyuşmagan aholi bölib, ular şartnoma asosida paxta terimida iştirok etdilar. Terimçilar uçun barça şaroitlar yaratilib, dala boşida issiq ovqatlar taşkil qilindi. Terim pullarining öz vaqtida, dala boşida berib borilgani terimçilarning terimga bölgan iştiyoqlarini yanada oşirib, yiğim-terim surʼatining kötarilişiga xizmat qilmoqda. Şuningdek, aholini majburiy mehnatga jalb qilmaslik böyiça nazorat tadbirlari muntazam olib borildi.
Tumanimizda terimçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilingan “Xormang, fidoyi yoşlar” loyixasi doirasidagi tadbirda faol terimçi yoşlar Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovğalari bilan rağbatlantirildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶