MAHALLA VA OILANI QÖLLAB-QUVVATLAŞ BÖLIMI TOMONIDAN “YoŞLAR DAFTARI” VA “AYoLLAR DAFTARI” YuRITIŞ BÖYIÇA ÖQUV-SEMINAR ÖTKAZILDI
Oila – mustahkam qörğon. U huquq va vijdon qonunlari asosida quriladi va özining köp asrlik mustahkam, maʼnaviy tayançlariga ega böladi. Har bir oilaning huquqiy savodxonligini oşiriş, bu boradagi bilimlarni mustahkamlaş maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölimi va Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan 49 ta mahalladagi kutubxonalarning har biriga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda çop etilgan 4 ta risola yetkazib berildi.
“Oila – muqaddas dargoh” risolasi fuqarolarning nikoh va oila munosabatlarini tartibga soluvçi qonun va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularga qatʼiy rioya qilgan taqdirdagina oila mustahkam bölişi xususida maʼlumotlar yiğindisidan iborat bölib, risolada nikoh va oila masalalariga oid baʼzi huquqiy tuşuntirişlar sodda tarzda yoritib berilgan. Şuningdek, “Vorislik huquqi qonun himoyasida” nomli kiçik qöllanmada vorislarga huquq va majburiyatlarni tuşuntiriş, meros va mol-mulk bilan boğliq nizolarning kelib çiqişiga barham beriş, insonlar örtasidagi qon-qarindoşlik munosabatlariga putur yetişining oldini olişga doir maʼlumotlar mavjud.
Mahallalar kutubxonalariga taqdim etilgan “Yerga nisbatan huquqning vujudga kelişi va bekor böliş tartibi” nomli qöllanma ham keng xalq ommasiga möljallangan. Unda tadbirkorlik subʼektlari, idora va taşkilotlar hamda davlat organlari vakillarining mazkur masalada huquqiy bilimlarini oşiriş orqali bu borada nizolar kelib çiqişining oldini oliş közda tutilgan. Navbatdagi “Mehnat huquqi qonun himoyasida” deb nomlangan qöllanma esa nafaqat sudyalar, huquqni muhofaza qiliş organlar xodimlari, advokatlar uçun, balki turli taşkilot va muassasalar iş beruvçilari hamda fuqarolarga möljallangan. Unda fuqarolar uçun qiziqarli bölgan savollarga atrofliça javob berilgan va sud amaliyotida kelib çiqadigan nizolar böyiça misollar keltirilgan.
Uşbu amaliy qöllanmalar har bir mahalla kutubxonasiga yetkazildi va tumanimizdagi mahallalar aholisiga qöllanmalar bilan tanişib çiqiş imkoniyati yaratildi.
Muhtaram Prezidentimiz xotin-qizlar bilan yoşlar aholining katta qismi, ijtimoiy masalalarning aksariyati ham ular bilan çambarças boğliqligi, ehtiyoj va qiziqişlaridan kelib çiqib, ularning dunyoqaraşini özgartiriş jamiyatdagi islohotlarga jiddiy turtki berişini taʼkidlagan edilar. Undan taşqari, yoşlar bilan ayollarga juda katta şaroit yaratiş böyiça milliy dasturlar qabul qilinişini, oilada ayolning kayfiyati yaxşi bölsa, jamiyatimizda vaziyat özgarişi haqida ham aytib ötdilar.
Yaqinda tuman hokimligi faollar zalida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari”ni şakllantiriş böyiça öquv-seminar ötkazildi. Öquv-seminarda mahalla oqsoqollarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy hamda obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosarlari iştirok etişdi.
Öquv-seminarni tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, bölim boşliğining Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova va tuman hokim örinbosari Raşid Salayevlar olib borişdi.
Öquv-seminarda Xotin-qizlar va yoşlarning muammolarini örganiş, ularni hal etiş borasidagi “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” böyiça mahallalarda tuziladigan 4 ta işçi guruh tarkibiga kiritiladigan mahalla faollari va tuman hokimligi masʼullari tomonidan amalga oşiriladigan çora-tadbirlar belgilab berildi. Ularga uyma-uy yuriş orqali xotin-qizlar va yoşlar muammolarini örganiş, tegişli savolnoma şaklini töldiriş, töplangan maʼlumotlarni umumlaştiriş uçun tuman ştabiga taqdim etiş vazifalari topşirildi. Bu böyiça tegişli hujjatlar namunalari, savolnomalar hududlarga yetkazildi.
Şuningdek, öquv-seminarda ijtimoiy ahvoli oğir bölgan xotin-qizlar va yoşlar böyiça maʼlumotlar töplaş, yaşaş manzili, pasport maʼlumotlari va boşqa maʼlumotlarni aniq kiritiş, ayollar va yoşlarning maʼlumoti, mutaxassisligi, işsizlik darajasi, oilaviy ahvoli, yaşaş şaroiti, oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni töliq qayd etiş kerakligi taʼkidlandi. Xotin-qizlar va yoşlarning daromad manbalari, ekin maydoni, çorva mollari, mavsumiy daromadi haqidagi maʼlumotlarni yoziş, oiladagi ijtimoiy muhit yoki farzandlar tarbiyasi kabi maʼlumotlar ham töliq savolnomaga kiritilişiga eʼtibor beriş lozimligi xususida batafsil tuşunçalar berildi.
Har bir mahallada tuziladigan işçi guruh aʼzolari özlari biriktirilgan mahalla kesimida uyma-uy yuriş va ijtimoiy, huquqiy, psixologik qöllab-quvvatlaşga, bilim, kasb-hunar örganişga ehtiyoji, iştiyoqi bor bölgan işsiz yoşlar va xotin-qizlar bilan suhbatlaşiş orqali savolnomalarni töldiradilar.
Xatlov işlariga jalb qilingan mutaxassislar uyma-uy yuriş orqali yoşlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ularning ehtiyojlarini, qiziqişlarini aniqlaydi va bu haqda anketa sörovnomasida qayd etib boradi.
“Yoşlar daftari” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 18 yoşga tölgan, 30 yoşdan oşmagan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qöllab-quvvatlaşga, bilim va kasb örganişga ehtiyoji va iştiyoqi bor bölgan, şuningdek, bandligini taʼminlaşga ehtiyoji bor işsiz yoşlar kiritiladi.
“Ayollar daftari” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 30 yoşdan oşgan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qöllab-quvvatlaşga, bilim va kasb örganişga ehtiyoji va iştiyoqi bor bölgan, şuningdek, bandligini taʼminlaşga ehtiyoji bor işsiz xotin-qizlar kiritiladi. Sörovnoma ötkazilayotgan şaxs qaysi toifaga kirişi aniqlanadi. Yaʼni, 18 yoşga tölgan, 30 yoşdan oşmagan erkaklar va xotin-qizlar “Yoşlar daftari”ga, 30 yoşdan oşgan ayollar “Ayollar daftari”ga kiritiş taklifi bildiriladi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, maqsadimiz avvalo xotin-qizlarni, şuningdek, yoşlarni ham qöllab-quvvatlaş, xonadon bekalarining bandligini taʼminlaş, turmuş şaroitini yaxşilaşdan iboratdir.
Gavhar ÇIMBOYÇIYeVA, Mahalla va oilani
qöllab-quvvatlaş bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶