21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 18:56
Jamiyat 👁 306

TIL – MAʼNAVIYaT KÖZGUSI, MADANIYaTIMIZ ÖZAGI

TIL – MAʼNAVIYaT KÖZGUSI, MADANIYaTIMIZ ÖZAGI

Insonning maʼnaviy qiyofasini belgilovçi omillardan eng muhimi uning tilidir. Çunki özaro munosabatlarda inson bilan inson örtasidagi muomala madaniyati, xalqlarning biri-birini anglaşi, millat sifatida şakllanişi til orqali iroda etiladi. Demak, til – millat közgusi, til – xalqning maʼnaviyat sarçaşmasi, millat madaniyatining özagi. Öz ona tilini sevgan, hurmat qilgan inson uçun til – gözal xulq-atvor, çeksiz hurmat, eʼzoz va ehtirom omilidir.

Hali sobiq ittifoqning zirhli davlat maşinasi barça ittifoqdoş Respublikalar qatori Özbekistonda ham maʼnaviy qadriyatlar va buyuk maʼnaviy merosimiz ustidan tinimsiz yançib ötiş siyosatini yurgizayotgan bir paytda, 1989-yil 21-oktyabrda Özbek tiliga davlat tili maqomi berilib, “Davlat tili töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qariyb 100-yil davomida xörlangan, kamsitilgan Özbek tilining qaddi kötarildi. Özbekiston Mustaqillikka erişgaç, ketma-ket uning bayroği, gerbi, madhiyasi qabul qilinib, millat qöşiği ilk marta öz ona tilimizda jarangladi. Mana, 31-yildirki, Özbek tilimizning nufuzi, xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtibori tobora oşib bormoqda. Bugungi kunda AQŞ, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozoğiston va Tojikiston kabi mamlakatlarda özbek tili oliy taʼlim muassasalarida öqitilmoqda. Birgina Turkiya davlatining 70 dan ziyod OTMlarida talabalar katta qiziqiş bilan Özbek tilini örganişmoqda.

Qadim ajdodlarimiz, xususan, Mahmud Qoşğariyning “Devonu luğotit turk” asarida “Erdam boşi tildir”, yaʼni, barça fazilatlar, ezguliklar tildan boşlanadi, deyiladi. Buyuk bobokalonimiz, özbek tilining asosçisi A.Navoiy “Muhokamat ul-luğatayn” asarida öz zamonasida şeʼriyat va badiiyat tiliga nomutanosib, kambağal, deb qaralgan tilimizning keng imkoniyatlari, jozibasi öta nazokat bilan şarh etilgan “Layli va Majnun” asarida “til aytgan bilan sovimaydigan tarona”, – deb taʼrif berganining özi dilimizda faxr uyğotadi:

Aytib sovumas taronasen sen,

Olib qurumas xizonasen sen,

Qarang, A.Navoiy bobomiz tilimizni qançalar eʼzozlagan, heç qaçon qurimaydigan, olgan bilan tugamaydigan xazinaga mengzagan ekanlar.

Payğambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v Abbos raziollohu anhuga: “Gözalligingiz meni ajablantiradi”, – dedilar. U kişi: “Insonning gözalligi nima, ey Alloh Rasuli?” – dedilar. Payğambar (s.a.v): “Uning tili”, – dedilar.

Tilimizni tom maʼnoda badiiy adabiyot tili darajasiga kötargan, uning boy tasviriy vosita ekanligini öz asarlari orqali töliq isbotlab bergan, özbek xalqi uçun, uning madaniyati uçun, kelgusi avlodlar uçun katta, şarafli işlarni amalga oşirgan A.Navoiy öz davrida tilimizni, hatto xalqaro til, diplomatiya vositasi darajasiga kötara oldi.

Turk tilida çu tortib men alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam

Navoiyning bu buyuk jasorati va özbek millati oldidagi şarafli xizmatiga ustozi Abdurahmon Jomiy yuksak baho berdi:

Keçirsinlar forsi tilda dur terganlar,

Dari tilda nazm injusin keltirganlar.

Agar ul (Navoiy) nazmin yozsa dari tilda,

Qolmas edi söz aytişga kuç heç elda.

Ana şunday şaraf tojini kiygan uluğ tilda sözlaşamiz biz! Dunyoda til köp, millatlar va elatlar köp. Lekin barça tillar ham, birday yaşab ketişga qodir emas. Nima uçun? Javob bitta: millat sifatida öz tiliga eʼtiborsizlikdan! Xuddi şunday, azizlar. Söz – til orqali ifoda etilarkan, demak, söz – insonning qiymati qadar uluğ va qadrli. Sözni tilimiz orqali ifoda etişdan avval öz qadr-qimmatimiz qadar eʼtibor qilişimiz, avvalo, millatga, xalqimiz maʼnaviy merosiga hurmatimizni bildiradi.

Şunday deymiz-u, Navoiy va Mirzo Boburlar zamonida öz jilvalari bilan ahli jahonni lol etgan, hayratlantirgan tilimizni bugunga kelib, ayrim maʼnaviy qaşşoq kimsalar “özbek tili kambağal til”, deyişgaça borgani dillarni xira qiladi. Bunday deguvçilarga salkam bir asr avval A.Qodiriy bobomiz bildirgan fikrlar ila zarba bermoqni lozim topdik: “özbek tili kambağal emas, balki özbek tilini kambağal deguvçilarning özi kambağaldirlar. Ular öz nodonliklarini özbek tiliga tönkamasinlar!”

Tilimizni kambağal degan nodonlarga javoblarimiz tayin:

Yaqinda, BMT Assambleyasining 75-sessiyasida Prezidentimiz özbek tilida nutq sözladi, ahli jahonga ona tilimizda ezgu tilaklar tiladi. Tinçlik, döstlik, xalqaro hamjihatlikni tarannum etuvçi taklif va istaklarini özbek tilida bayon etganida katta izdihom qalqib ketmadimi?! Turli tillarda gaplaşuvçi jahonning menman degan olim-u arboblari, siyosatçilari özbek millatini, uning xalqparvar yetakçisini olqişlarga kömib taşlamadimi?! Öşa lahzalarda özbeklarga butun jahon havas qildi. Şaxsan men özbek ekanligimdan faxrlandim, közlarimga yoş qalqdi! Sevinç yoşlari edi bu!

Har yili kuz fasli kelişi bilan men bir narsadan hayron qolaveraman: 21-oktyabr sanasi yaqinlaşgan sari OAV, bosma va internet naşrlari zör berib tilimizga eʼtibor va eʼtiborsizlik, bu boradagi yutuqlar va noqisliklar haqida söz yuritişni boşlaşadi. Göyo milliy tilimiz nufuzini oşiriş masalasi mavsumiy tus olgandek... 21-oktyabr sanasidan keyin bu kabi yozişmalar pasayadi, to yanagi yilgi kuz fasligaça. Axir biz ona tilimizga kundalik hayotimizda har lahzada ehtiyoj sezamiz-ku! Köça-köydagi, dökonlar va idora-taşkilotlar, tadbirkorlik şoxobçalari peştoqidagi rang-barang atamalar, peşlavhalarga birrov ahamiyat berganday bölamiz-u, söng yana unutamiz. Tanqidiy çiqişlarimizga mutasaddilar yetarli ahamiyat bermagani uçunmi?!

Aslida ona tilimizdan foydalanişdagi nuqsonlarni töğrilab qöyiş, bu borada xatoga yöl qöyganlarga çora köriş masalasiga eʼtiborsizlik tufayli ona tilimizdagi buzilişlar urçib borayotgani haqiqat. Eʼtibor bergan bölsangiz, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi,  amunews.uz internet naşri va Amudaryo televideniyesi orqali har yili Manğit şahridagi ayrim tadbirkorlik subʼektlari, dökonlarga ilib qöyilgan peşlavhalardagi nuqsonlar tilga olinib, tilimizga hurmatsizlik, eʼtiborsizlik holatlari tanqid etiladi. Lekin bu tanqidiy çiqişlardan söng bironta tadbirkor yoki ona tilimizga fidoyi inson çiqib: “keling, şu nuqsonlarni bartaraf etaylik”, deya taşabbus körsatmaydi. Bir neça yildan beri OAVning tanqidiy çiqişlaridan söng ham “belyaşi”, “şaşlik”, “Mi otkrilis”, “Remont telefonov”, “Mega salon”, “Magazin luçşaya kosmetika”, “Apteka” singari rusça peşlavhalar bilan birga “Forus, optom baxada”, “Moxira saloni” kabi sözlarni buzib, xato va aralaş-quralaş qöllaş holatlariga barham berilmayotir. Tumanimiz markazidagi tadbirkorlik subʼektlari peştoqini “bezab” turgan bu kabi ona tilimizga eʼtiborsizliklar xususida bir neça oy muqaddam Amudaryo televideniyesining “Taşrif” körsatuvi orqali çiqiş qilinib, bu boradagi kamçiliklarga barham beriş masalasini muhokama qilgan edik. Mazkur körsatuvdan söng ham bu borada umuman biron özgariş sezilmaganidan ayonki, tumanimizda faoliyat yuritayotgan tegişli taşkilotlarning davlat tiliga birrov eʼtibor qaratişga “vaqtlari yöq”.

Til – madaniyatimizning özagi. Mohiyatan olib qaraydigan bölsak, milliy madaniyatimizning ravnaq topişida milliy tilimizning örni juda katta. Demak, masʼullar har kuni neça bora özlari duç kelayotgan til bilan boğliq muammolar xususida boş qotirib körsalar yomon bölmasdi. Tarğibot-taşviqot peşlahvalari (reklama bannerlari) tayyorlab beruvçi tadbirkorlar buyurtmaçilar bilan işlaşişda tilimizning sofligiga ahamiyat qaratişlari zarur. Bu kabi peşlahalardagi xato-kamçiliklar uçun buyurtmani bajaruvçi subʼektlar javobgarlikni zimmasiga olib, bexato, sof özbek tilida tayyorlasalar, hamma uçun tuşunarli bölar edi.

XX asr özbek adabiyotining darğalaridan biri A.Qahhor kuyunçaklik bilan: “Yöl qoidasini buzgan haydovçiga huştak çalinadi, jarimaga tortiladi-yu, ona tilimiz qoidalariga amal qilmaganlarga heç qanday çora körilmaydi”, degan edilar.

Haqiqatan ham, mana 31-yildirki, ona tilimizga eʼtiborsizlik masalasi hamon dolzarbligiça qolayotir. Turli xil ajnabiy atamalar, peşlavhalar, hatto farzandlarimiz egnidagi liboslargaça tilimizga begona sözlar bilan bejab taşlangan. “Davlat tili töğrisida”gi Qonun talablariga rioya etilmayotgan holatlar köp. Nega? Nima uçun Qonunga zid yuqoridagi kabi holatlarga barham berişga şoşilmaymiz? Bu – loqaydlik emasmi? Axir loqaydlik – maʼnaviy halokatga yetaklovçi illat-ku!

Ötgan kuz faslida, 21-oktyabr arafasida, qalblarimizni nurlantirgan quvonçli xabardan boşimiz kökka yetdi – Özbekistonda 21-oktyabr ona tili bayrami etib belgilandi. Prezidentimiz kuyunçaklik bilan tilimizning nufuzini oşiriş yölida fidoyiliklar, taşabbuslar körsatayotir. Xalqaro minbardan turib, özbekça nutq sözlayotir.

2019-yilning avgust oyida Toşkent şahrida bölib ötgan media-haftalikda koreyalik professor Song Yung O, Yapon musiqaçisi Matsua Kavasaki, vengriyalik şarqşunos olim Benedes Perilar minbarga çiqib, sof özbek tilida gapirdilar. Ozar şoiri Xalil Rizo Uluturk özbek tilining iboralarga öta boyligi, gözalligini eʼtirof etib, tilimizni madh etuvçi quyidagi misralarni bitdi:

Qay bir kunda uçib kelding, samolardan özbek tili,

Qanot olding eng muqaddas sadolardan özbek tili.

Beşik tutgan kelinlarning allalarin tinglabmiding,

Yaralgansan şu ilohiy nidolardan özbek tili!

Biz esa... Özimiz özbek bölaturib, özbek  tilida sözlay turib, muqaddas va möʼtabar ona tilimizga begonalarday munosabatda bölayotgan loqayd millatdoşlarimizni xatolardan qaytara olmayotirmiz.

Azizlar, sözim muxtasarida takror va takror aytaman:

– Til – bizning borliğimiz, til – maʼnaviyat közgusi madaniyat özagi. Alişer Navoiy bobomiz bekorga “tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” degan hikmatli iborani yaratmagan. Bas, şunday ekan, özlikni anglaşning betimsol vositasi – tilimiz qadrini öz qadr-qiymatimiz bilan barobar tutaylik va el qadrini, millat qadrini har nedan baland qöyaylikki, toki ÖZBEKning qadri, ÖZBEK tilimizning qaddi hamişa yuksak bölsin!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026