FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASINI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA TAKTIK ÖQUV-MAŞĞULOTLARI ÖTKAZILDI
Hayot faoliyati davomida xalqimizning xavfsizligini taʼminlaş, inson hayoti va faoliyati uçun qulay şaroit, yaʼni insonlar tomonidan şakllantirilgan muhitni va işlab çiqarişda mehnat muhofazasini taşkil etiş, atrof-muhitga texnogen taʼsirlarni kamaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy texnik vositalardan, nazorat usullaridan hamda maʼlumot va mavjud vaziyatlardan oqilona foydalaniş hisobiga inson hayoti va soğligini asraş bilan boğliq kompleks vazifalarni ado etişda Favqulodda vaziyatlar Boşqarmasi, xodimlari tomonidan bajariladigan işlar bu borada alohida örin tutadi.
Xususan, turli körinişdagi xavf-xatarlar, yaşaş muhiti xavflari, xavfli tabiiy hodisalar, yöl-trasport harakatiga oid, şuningdek, elektr uskunalaridan foydalaniş böyiça texnika xavfsizligi qoidalarining buzilişi, yonğin xavfi inson hayotini xavf ostida qoldiradi. Bunday favqulodda hodisalar sodir bölganda fuqarolar muhozafasini taʼminlaş, xavfni bartaraf etiş çoralarining tezkorlik bilan körilişi köplab falokatlarning oldi olinişini taʼminlaydi.
21-oktyabr kuni tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan “Jayxun mobil gaz” masʼuliyati çeklangan jamiyati taktik öquv-maşğuloti ötkazildi. Tadbirga jami 63 ta şaxsiy tarkib va 12 ta texnika jalb qilindi. Mazkur taktik öquv-maşğulotida “Jayxun mobil gaz” masʼuliyati çeklangan jamiyatida favqulodda vaziyat sodir bölganda, yonğin kelib çiqqanda, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganda, elektr uskunalaridan notöğri foydalanganda, şuningdek, is gazidan zaharlaniş holatlari kabi inson hayotiy faoliyati bilan boğliq xavf-xatarlar yuz berganda tuman Favqulodda vaziyatlar Boşqarmasi va davlat taşkilotlari xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari amaliy maşqlar orqali körsatib berildi.
Şuningdek, Amudaryo paxta tozalaş zavodida ham ana şunday taktik öquv-maşğuloti ötkazildi. Unda 51 ta şaxsiy tarkib aʼzolari, 14 ta texnika vositalari iştirok etdi. Maşğulotlarda mazkur sanoat korxonasi hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, inson faoliyati bilan boğliq turli körinişdagi xavf-xatarlar, xususan, yonğin çiqqanda, texnika xavfsizligi qoidalari buzilganda, elektr uzatiş tizimlaridan notöğri foydalanganda, is gazidan zaharlanganda Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda davlat taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladigan tezkor harakatlar amaliy maşqlar orqali namoyiş etildi.

Şu kuni Qipçoq panton köprigida ham 51 ta şaxsiy tarkib va 11 ta texnika jalb qilingan holda taktik öquv-maşğulotlari ötkazildi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi davlat taşkiloti hamkorligidagi taktik öquv-maşğulotlarida Amudaryo ustiga qurilgan panton köprigida favqulodda hodisalar sodir bölganda mavjud vaziyatdan kelib çiqib amalga oşiriladigan qutqaruv işlari, ofatni bartaraf etiş çoralari böyiça amaliy maşqlar ötkazildi. Xususan, panton köprigida falokatli holatlar kuzatilganda, yonğin xavfi, elektr uskunalaridan notöğri foydalaniş, şuningdek, köprik hududida muz tiqilganda suv toşqini yuz berganda amalga oşiriladigan tezkor qutqaruv işlari amaliy maşqlar orqali körsatildi.
Bu kabi taktik öquv-maşğulotlarini ötkazişdan közlangan maqsad, xalqimizning salomatligi, tinç-osoyiştaligi hamda mamlakat, şu jumladan tumanimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlaşga hissa qöşişdir.
Taktik öquv-maşğulotlarida yöl qöyilgan kamçiliklar ham alohida qayd etilib, kelgusida bunday nuqsonlarga yöl qöymaslik yuzasidan zarur tuşunça va tavsiyalar berildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶