SOVÇIGA ZULM QILINDI VA... ZULMKORNI KEÇIRIŞDI
Xalqimizda “elçiga ölim, sovçiga zulm yöq”, degan hikmat bor. Haqiqatan ham elçi xalqlar, millatlar tinçligini öylab vositaçilik qilgani uçun unga ölim ravo körilmaydi. Sovçi esa... Uning ham maqsadi yaxşilik yölida vositaçilik qilişdir. Şuning uçun ham bir oila bilan ikkinçi oila örtasida qarindoşlik riştalarini boğlaşga harakat qilgani, niyati yaxşilik va xolis bölgani uçun unga zulm qilinmaydi.
Sovçiga zulm – oila qadriyatlariga, insonlar osoyiştaligiga qilingan zulm hisoblanadi. Afsuski, baʼzan odamlar orasida ana şu azaliy qadriyatlarga amal qilmaslik oqibatida köngilsiz holatlar sodir bölmoqda.
Tumanimiz mahallalaridan birida istiqomat qiluvçi Bahodir Odamboyev (ism-şarifi özgartirildi)ning xonadoni eşigidan yaxşi niyat bilan kirib kelgan sovçi Azima Yodgorova (ism-şarifi özgartirildi)ni, avvaliga yaxşi kutib oldi. Oldindagi rejalar, töy tadoriklari haqida gaplaşib ötirişdi. Nima böldi-yu, Azimaning bir gapi Bahodirga maʼqul kelmay, ikkalasining tortişuvi özaro hurmatsizlik, haqoratga, rostmana janjalga aylandi. Bir gapiga ön gapni qatorlaştirib taşlayotganidan jahli çiqqan Bahodir özini tutolmay Azimaga qöl kötardi. Tobora “jaği oçilib” ketgan Azimani avval urdi, söng tepkiladi. Sovçiga qilingan zulm Azimaning soğligiga örtaça oğir tan jarohati yetkazilişgaça borib yetdi. Oqibatida esa... ular sudlaşdilar.
Uşbu iş Jinoyat işlari böyiça tuman sudida körilişidan avval jabrlanuvçi Azima Yodgorova, uning qonuniy vakili va sudlanuvçi Bahodir Odamboyevlar yaraşganligi munosabati bilan iş yuritilişini tugatiş böyiça sudga ariza taqdim qilgani hamda sudlanuvçi Bahodir Odamboyev bilan uning qonuniy vakili tomonidan ham aynan şu mazmunda sudga ariza kelib tuşgani tufayli iş böyiça töplangan barça hujjatlar atrofliça örganilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga asosan tomonlarning yaraşganligi sababli iş harakatdan tugatildi. Lekin ...
Lekin ming afsuski, garçi ular yaraşgan bölsalar-da, birining qiziqqonligi, yana birining tili yugurikligi sababli quda-qudağaylar amal qiladigan özaro hurmat, oila deb atalgan muqaddas tuşunçaga eʼtibor va qadr-qimmat çegaralari buzildi. Azaliy qadriyatlarga putur yetdi, sovçiga zulm qilindi. Ilk marta fariştalar oçgan eşik ortidan qattiq yopildi, örtadagi samimiyat çöği öçdi. Şuning uçun aytadilar-da, sovçilik masalasida erkaklar bosiq, ayollar mulohazali bölgan joyda yaxşilik daraxti böy tiklaydi, meva beradi, deb.
S.DAVLETMURODOV,
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶