VOYaGA YeTMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINGAN HUQUQBUZARLIK KOMISSIYa YIĞILIŞIDA MUHOKAMA QILINDI
Ota-ona yoki ota-ona örnini bosuvçi şaxslar bolalarini taʼminlaş, tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş böyiça majburiyatlarini bajarişi, ularning huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etişiga yöl qöymaslik çora-tadbirlarini körişi lozim. Bu borada nafaqat ota-ona, balki taʼlim muassasasi, mahalla, yoşlar va jamoat taşkilotlari masʼulligini yanada kuçaytiriş, kelajak avlodni odobli, bilimdon, oqil, maʼnaviyatli, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalaş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Tuman hokimligida Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo Komissiyasining navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Yiğilişda Voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman idoralararo komissiya raisining örinbosari M.Şermetov, komissiya aʼzolari, IIB profilaktika inspektori va boşqa masʼullar iştirok etdilar.
Yiğilişda tuman IIB tomonidan yuborilgan, tumandagi ovullardan birida yaşovçi voyaga yetmagan 2 nafar fuqaro tomonidan sodir qilingan huquqbuzarlik holatiga doir iş muhokama qilindi.
Komissiya raisining örinbosari M.Şermetov yiğiliş iştirokçilarini kun tartibidagi masala bilan taniştirdi. Şundan söng, masʼullar tomonidan voyaga yetmagan uşbu fuqarolar yaşaş joylariga yaqin joyda, köça tarafda özaro janjallaşgani, hodisada ota-onalar ham iştirok etgani, sodir bölgan huquqbuzarlik oqibatida tomonlarga yengil tan jarohati yetkazilgani bayon qilindi. IIB tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga köra huquqbuzarlikni sodir qilgan voyaga yetmaganlar harakatida ÖzR MJtKning tegişli moddalarida körsatilgan alomatlar mavjudligi, lekin maʼmuriy huquqbuzarlikka tortiş yoşiga yetmaganligi sababli, ularning ota-onalarining xatti-harakatlarida ÖzR MJtKning 47-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilganligi töğrisida maʼlumot berib ötdi.
Yiğilişda iştirok etayotgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari sözga çiqib, bundan keyin öğillarining nazorati bilan qattiq şuğullanişi va maktabdagi darslarga muntazam ravişda yuborişi, bemahal, beruxsat heç qayerga yubormasligini aytişdi.
Yiğiliş yakunida masʼullar yoşlarga taʼlim-tarbiya berişda, tartib-intizomini nazorat qilişda, beparvolikka yöl qöyilayotganligiga töxtalib, uşbu ota-onalar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligini maʼlum qilişdi. Voyaga yetmagan farzandlariga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan, ularning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etişiga yöl qöygan ota-onalar tegişli tartibda jazoga tortilişi lozim deb topildi. Şuningdek, ota-onalar va ularning farzandlari taʼlim olayotgan maktab, hudud fuqarolar yiğini masʼullariga endilikda voyaga yetmaganlar tarbiyaga eʼtiborsiz bölmasliklari, öqişi, xulqi va tartib-intizomini muntazam nazorat qilib borişlari kerakligi tuşuntirildi.
J.Xolmurodov, tuman hokimligi Voyaga yetmaganlar işlari böyiça
idoralararo Komissiyasi masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶