PROBATsIYa GURUHI NAZORATIDAGI 4 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI
Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari huzurida taşkil etilgan Probatsiya xizmati mamlakatimizda jazoni ijro etiş tizimini takomillaştiriş, qayta jinoyat sodir etilişining oldini oliş, mahkumlarni axloqan tarbiyalaşda va ijtimoiy moslaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 il 7-noyabrdagi qaroriga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan faoliyati boşlangan Probatsiya xizmati ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolarning ijro etilişini nazorat qiliş bilan şuğullanadi. Sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarga loyiq körilgan şaxslar tomonidan jazoning ijro etilişini taʼminlaydi. Qarorga muvofiq Probatsiya xizmati va uning hududiy bölinmalari ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo ga mahkum etilganlar bilan işlaşişda faoliyatini boşqada davlat organlari, jamoat taşkilotlari bilan özaro hamkorlikda olib boradi.
Şu yilning 23-oktyabrida Jinoyat işlari böyiça tuman sudida oçiq sud majlisi ötkazildi. Unda Probatsiya guruhi nazoratida turgan 4 nafar mahkum belgilangan jazosidan muddatidan ilgari ozod etildi. Mazkur oçiq sud majlisida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurorining katta yordamçisi Bahrom Koşanov, tuman içki işlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabborberganovlar qatnaşdilar.
Sud majlisida tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 4 ta taqdimnomalar muhokama qilindi. Sud majlisida tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi nazoratida turgan, muqaddam jinoyat sodir etib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining turli moddalariga köra aybli deb topilgan, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoga hukm qilingan uç nafar mahkumning ötgan davr mobaynida örnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda bölganligi eʼtiborga olindi. Sud qaroriga köra, uşbu mahkumlar ötalmagan jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari, şartli ravişda ozod qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi bilan aybli deb topilgan 1 nafar mahkum jazoni ötaş vaqtida mehnatga yaroqsiz bölib qolganligi tufayli tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosidan ozod qilindi.
Tuman Içki işlar organlari huzurida taşkil etilgan Probatsiya guruhi öz faoliyati davomida şartli hukm qilingan, jazoni ötaşdan muddatidan ilgari ozod etilgan şu kabi şaxslarning xulq-atvori yuzasidan taʼsirçan nazoratni amalga oşirmoqda. Nazorat ostidagilarning qayta jinoyat sodir etiş xavfini barvaqt aniqlab, oldini oliş uçun profilaktik işlarni olib bormoqda. Natijada ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarga hukm qilingan şaxslarda soğlom dunyoqaraş şakllanib, öz xatolaridan tegişli xulosalar olişayapti.
Probatsiya xizmati xodimlarining asosiy vazifasi nazorat ostidagi şaxslarning tuzaliş yöliga ötişiga, jinoyatlarning oldi olinişiga erişişdir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶