25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:28
Jamiyat 👁 242

IChKI IShLAR ORGANLARI XALQIMIZNING HAQIQIY HIMOYaChISIGA AYLANMOQDA

IChKI IShLAR ORGANLARI XALQIMIZNING HAQIQIY HIMOYaChISIGA AYLANMOQDA

Yurtimizda tinchlikning barqaror boʻlishiga erishish, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash, aholi turmush sifatini oshirish, barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlardan koʻzlangan asosiy  maqsad fuqarolarning emin-erkin, baxtiyor, oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishishdir. Albatta, bunda jamoat tartibini saqlash, xalqimiz xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish juda muhim. Chunki amalga oshirilayotgan jami oʻzgarishlar, yangilanishlar asosi tinchlik ekanligi barchaga ayon.
Mamlakatimizda bugungidek turmush tarzi barqaror boʻlishida Ichki ishlar organlari xodimlarining munosib oʻrni bor. Ular globallashuv jarayoni tezkor kechayotgan davrda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar orasida yot gʻoyalar tarqalishining oldini olishdek gʻoyat dolzarb va masʼuliyatli vazifani sharaf bilan ado etmoqdalar. Yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻrnatilgan karantin cheklovlariga amal qilinishini nazorat qilishda, ayniqsa, tun-u kun fidoyilik qilishayapti.
Ana shunday ezgu maqsad yoʻlida mehnat qilayotgan tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularga qulay sharoitlar yaratilgan. Shularning natijasida 2020-yilning oʻtgan 9 oyida qasddan ogʻir tan jarohati yetkazish, transport vositasini qasddan olib qochish, ehtiyotsizlik tufayli ogʻir tan jarohati yetkazish, mulkka qasddan ziyon yetkazish, pornografik mahsulotlarni tarqatish kabi jinoyat turlariga butunlay barham  berildi. Shuningdek, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyati 33 foizga, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish 75 foizga, mansab soxtakorligi 33 foizga kamayishiga erishildi. Afsuski, umumiy jinoyatchilik oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 17 taga oshgan.
Kelgusida buningdek koʻngilsiz holatlarning oldini olish uchun jamoatchilik institutlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar aniqlanib, ular bilan profilaktik ishlar olib borilib, toʻgʻri yoʻlga solishga harakat qilinayapti. Profilaktika inspektorlari obroʻ-eʼtiborli insonlar bilan birgalikda notinch oilalar, tarbiyasida boʻshliq paydo boʻlgan yoshlar bilan alohida shugʻullanib, ularni toʻgʻri yoʻlga solish choralarini koʻrayotir. Natijada tumanimizning Qipchoq, Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinlari, Uyshin, Gulzor, Bogʻ, Yuqori qishloq, Qilichboy, Xizir eli, Besh ovul, Tosh qalʼa, Qoramon, Doʻrman, Boʻz solma, Yangiobod, Farovon, Boʻzyop, Xitoy, Toryop, Bobur kabi ovul va mahallalarida joriy yilimizning oʻtgan davrida umuman jinoyatchilik sodir etilmadi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari 274 nafar profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan mahalla faollari, jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda 1787 marotaba profilaktik targʻibot ishlari olib borganligi tufayli ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Joriy yilimizning oʻtgan 9 oyi davomida jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan 46 nafar muqaddam sudlangan shaxslar IIB tomonidan hisobga olinib ularning barchasiga moddiy yordam berildi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, fuqarolik pasporti olishiga koʻmaklashildi va ishga joylashtirish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, koʻchalarda, jamoat joylarida jamiyatda yurish turish qoidalarini buzgan 64 nafar fuqarolarga maʼmuriy choralar koʻrildi, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, ular tomonidan bezorilik, jinoyatlar sodir etilishining oldi olindi.
Tumanimizning barcha hududida fuqarolar orasida ov qurollarini saqlash, ov qilish qoidalari haqida profilaktik targʻibot ishlari olib borilganligi natijasida 15 nafar fuqarolar oʻq otar qurollarini oʻz xohishlariga koʻra tuman Ichki ishlar boʻlimiga olib kelib topshirdilar.
Boʻlim xodimlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan taʼlim  muassasalarida 649-marta, korxona-tashkilotlarda 18-marta, mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida 997-marta tegishli organlar xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan joriy yilda 1926 nafar fuqarolarning maʼlumotlari qabul qilinib, 2099 nafar fuqarolarga yangi biometrik pasport rasmiylashtirib berildi. 861 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportlari berildi.
Yilning oʻtgan davrida “Pasport viza” tadbirlari davomida 6515 obʼekt va 986 xonadonda pasport rejimiga amal qilinishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazildi va 138 fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlandi. Ularga maʼmuriy choralar koʻrilib, yangi biometrik pasport rasmiylashtirib berildi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov oʻzi rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududi aholisi holidan xabar olib,  uchrashuvlar, sayyor qabullar oʻtkazib turadi. Shunday tadbirlarda bildirilgan murojaatlarga koʻra yaqinda Boʻzyop ovulida yashovchi, 2-guruh nogironi boʻlgan qizga tikuv mashinasi topshirildi. Xitoy va Boʻzyop ovullarida istiqomat qiluvchi ishsiz ikki ayolga imtiyozli kredit hisobiga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi va bandligi taʼminlandi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov va Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlardan tikuv mashinasini qabul qilib olgan ushbu ayollarning quvonchi cheksiz boʻldi.
Muhtaram Yurtboshimiz Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish zarurligini taʼkidlagan edilar. Muhtasham, ulkan binoning zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlangan xonalarida faoliyat yuritayotgan tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari zimmalariga qoʻyilayotgan talablarga monand faoliyat yuritishga intilmoqdalar. Tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashga, jamoat tartibini saqlashga erishish yoʻlida butun kuch-gʻayratlarini safarbar etmoqdalar.
2006-yil 6-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, 25-oktyabr mamlakatimizda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni etib belgilangan. Har yili 25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Biz ham yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida samarali xizmat qilayotgan tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026