25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:27
Jamiyat 👁 228

QONUNIY NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIK MUHIM AHAMIYaTGA EGA

QONUNIY NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIK MUHIM AHAMIYaTGA EGA

 Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq  sogʻlom oilani shakllantirish, irsiyatga bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish maqsadida nikohdan oldin yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtishlari kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Nizomi toʻgʻrisida”gi 365-sonli Qarori asosida FHDYo boʻlimiga ariza berganlaridan soʻng,  nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga  muvofiq ruhiy, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Nikohlanuvchi shaxslar FHDYo organlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sogʻliqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga yuboriladi.  Agar nikohlanuvchi shaxs oʻz xizmati yoki ishi turiga koʻra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan boʻlsa, u mazkur muassasada koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi FHDYo organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, ushbu shaxslar tibbiy koʻrikdan faqat ularning roziligiga koʻra oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun berilgan yoʻllanmalar FHDYo organlarida nikoh tuzish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida qayd etiladi.
Nikohni qayd etishda FHDYo organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganliklariga va ularning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligiga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart.Tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyin nikoh tuzilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan toʻsiq mavjud boʻlmagan taqdirda FHDYo organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Nikohlanuvchi shaxslarda tekshirish natijasida darhol davolash kursidan oʻtishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yoʻnaltiriladi. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomda  nazarda tutilgan kasallik aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Mavjud muammolarga chek qoʻyish maqsadida FHDYo boʻlimimizga  yosh kelin- kuyovlar uchun alohida maktab tashkil qilinganki, unga mutaxassislar, ruhshunos, huquqshunoslar, koʻpni koʻrgan keksa otaxon-u onaxonlar taklif etiladi. Yosh oila uchun nikohni rasmiylashtirish, tibbiy koʻrikdan oʻtish kanchalik muhim ekanligi ularning ota-onalariga ham tushuntiriladi. Albatta, koʻrikdan oʻtishning afzalligini endi yoshlarimizning oʻzlari chuqur anglab yetmoqdalar. Ilgari koʻp hollarda aynan tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan oila qurgan yoshlar oʻrtasida ajralib ketish holatlari uchrab turgan boʻlsa, endi bunday noxushliklarning bir muncha oldi olindi.
Yurtimizda uzoqni koʻzlab amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar, ertangi kun farovonligini taʼminlashga qaratilgan ezgu saʼy-harakatlar har birimizni shukrona aytib yashashga, yurt ravnaqi, el xizmatiga kamarbasta boʻlishga undaydi.    

J.Abayeva, tuman FHDYo boʻlimining 1-toifali inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026