25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:27
Jamiyat 👁 126

KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Prezidentimizning “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2020-2021-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. Amudaryo tumanida ham iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha maskanlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash, ish va yashash joylarida yongʻin xavfsizligini samarali tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytgacha tuman hududidagi 33 ming 200 ta uy-joylarning yongʻinga qarshi holati oʻrganib chiqildi. Ulardagi isitish va yoritish manbalarining yongʻinga qarshi va texnik holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Tekshiruvlar davomida fuqarolarga is gazidan zaharlanish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushuntirish hamda yoʻriqnomalar berish bilan birga mamlakatimiz hududida is gazidan zaharlanish oqibatida sodir boʻlayotgan koʻngilsiz hodisalar hayotiy misollar orqali tushuntirilib, fuqarolarning bu boradagi sergakligini oshirish choralari koʻrilmoqda.

Tadbirlarda ovul va mahallalar masʼullari, faollari ishtirok etishmoqda. Shu bilan birga gaz va elektr taʼminoti idoralari vakillari ham barcha tadbirlarga jalb etilib, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda turar joylardagi yongʻinga olib keluvchi holatlar bartaraf etib borilmoqda.

Oktyabr oyining soʻnggi oʻn kunligida havo haroratining keskin pasayishi natijasida idora va tashkilotlar, aholi tomonidan tabiiy gaz va elektr uskunalaridan foydalanish hajmi ancha oshdi. Shu bois, tuman Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati, elektr tarmoqlari uzatish korxonasi hamda gaz taʼminoti xizmati idorasi  xodimlari bilan hamkorlikda ovul va mahallalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari oʻrganib chiqildi hamda aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalari, is gazidan himoyalanish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Mangʻit shahrining  Yangiobod mahallasi hududidagi koʻp qavatli uylar, hovli-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirilganda aholi tomonidan jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani maʼlum boʻldi. Xususan, tabiiy gaz tarmogʻidan notoʻgʻri foydalanish, dudburonlarni tozalamasdan isitish tarmogʻiga ulanish kabi holatlar kuzatildi. Bu kabi holatlar is gazidan zaharlanish va yongʻin xavfini keltirib chiqarishi haqida tabiiy gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga batafsil tushuntirildi.

Tekshiruvlar jarayonida Yangiobod mahallasi hududida istiqomat qiluvchi ayrim fuqarolarning xonadonlaridagi dudburonlar kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi aniqlandi. Ushbu xonadonlarga tegishli dudburonlar yongʻinga qarshi kurashish jamiyati ishchilari tomonidan maxsus tozalash uskunalari yordamida  tozalab berildi.

Ayni kunlarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan tuman Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati, tabiiy gaz va elektr taʼminoti idoralari vakillari hamda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan hamkorlikda aholiga yongʻin xavfsizligini taʼminlash, is  gazidan zaharlanishning oldini olish, shu bilan birga elektr uskunalari, asosan elektr pechlaridan foydalanishda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish nafaqat tegishli soha xodimlari, balki keng aholi qatlamining ham vazifasi ekanligi xususida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026