ÇEGARA DAXLSIZLIGINI SAQLAŞ MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisidagi Qonuni mamlakatimiz Davlat çegarasini belgilaş, özgartiriş, himoya qiliş va qöriqlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga xizmat qiladi.
Davlat çegaralarini belgilaş va özgartiriş paytida Özbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni taʼminlaş zaruratidan kelib çiqadi va davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat çegaralari daxlsizligi va buzilmasligini özaro hurmatlaş, çegara masalalarini tinç yöl bilan hal etiş, çet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va özaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qiliş, qöşni davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, kuç işlatmaslik va kuç bilan tahdid qilmaslik printsiplariga amal qilinadi. Şuningdek, uşbu Qonunda Davlat çegarasini belgilaş va özgartiriş, Davlat çegarasiga belgi qöyiş, Davlat çegarasi rejimini belgilaş kabi munosabatlarning huquqiy asoslari kabi köpgina masalalar qamrab olingan.
Şuningdek, Davlat çegarasi orqali tovarlar, boşqa mol-mulk va hayvonlarni olib ötiş qonun hujjatlarida hamda Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarida belgilangan joylarda, yaʼni belgilangan ötkaziş punktlari orqali amalga oşiriladi.
Uşbu qonunning 15-moddasida Davlat çegarasini Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlaridan boşqa joydan yoki ötkaziş punktlari orqali bölsa-da, bu boradagi qoidalarni buzgan holda har qanday usul bilan kesib ötiş, kesib ötişga uriniş Davlat çegarasini buziş hisoblanadi, deb körsatilgan.
Maʼlumki, tumanimiz Turkmaniston davlati bilan çegaradoş. Uşbu hududlarda aholining Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasi töğrisidagi qonunini aholiga keng tarğib etiş – çegaraoldi hududida tinçlik-osoyiştalik saqlanişini taʼminlaydi.
Şu maqsadda yaqinda Davlat xavfsizlik xizmatiga qaraşli Çegarani qöriqlaş vzvodi komandiri Elyor Jöraboyev, xizmatçisi Fazliddin Mahamadiyevlar Boğ mahallasi fuqarolari bilan suhbat ötkazişdi.
Tadbirda Elyor Jöraboyev aholiga Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisidagi qonuni talablarini, ayniqsa, çegaraoldi hududda yaşovçi aholi çuqur bilişi, amal qilişi lozimligi haqida gapirdi.
Maʼruzada çegaraoldi hududlarida bölişda çegara daxlsizligiga rahna solmaslik, çegaraoldi hududlarida joylaşgan harbiy muhandislik-texnik inşootlarga va tösiqlarga şikast yetkazmaslik, çegarani buzib ötişga urinmaslik lozimligi, buningdek holatlar sodir etilsa, amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortişga asos bölişi taʼkidlandi.
Şuningdek, qöşni davlatlar çegaralarida keyingi vaqtlarda sodir etilgan köngilsiz holatlarga xolisona baho berildi.
Tadbirda aholi “Hamroh” gazetasiga obuna bölişga, unda yoritilayotgan dolzarb va qiziqarli materiallarni öqib, maʼnaviyatini yuksaltirib borişga daʼvat etildi. Söngra aholini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Ötkazilgan tadbir çegaraoldi hududida istiqomat qiluvçi aholiga çegaralarimiz daxlsizligini saqlaşga oid köpgina bilimlarini singdirgani bilan ahamiyatli böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶