25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:28
Jamiyat 👁 242

YaNGI TAHRIRDAGI QONUN MILLIY TAʼLIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRADI

YaNGI TAHRIRDAGI QONUN MILLIY TAʼLIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRADI

Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 30-oktyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hammamiz uchun birdek muhim boʻlgan – taʼlim masalasi alohida eʼtiborda boʻldi.
Bu bejizga emas, albatta, zotan taʼlim tizimini isloh qilmay turib, milliy taʼlim standartlarini jahon standartlariga mos va yaqin qilmay turib, millat kelajagi haqida gapirib oʻtirish befoyda. Buni 20-asrda qoloq davlatlar qatoridan rivojlangan davlatlar qatoriga qoʻshilgan koʻpgina Osiy davlatlari misolida koʻrishimiz mumkin.
Shu oʻrinda Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-sentyabrda imzolangan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri haqida qisqacha toʻxtalsak. Qonun 11 bob, 75 moddadan iborat boʻlib, eski tahriridan farqli oʻlaroq davlat akkreditatsiyasi, taʼlim kampusi va boshqa shu kabi yangi tushunchalar bilan toʻldirildi. Qonun bilan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar belgilab olindiki, bu printsiplar shubhasiz mamlakat taʼlim tizimining sifat va daraja jihatdan yangi bosqichga chiqqanligini koʻrsatadi. Jumladan, qonunda quyidagi asosiy printsiplar keltirilgan:
taʼlim ustuvorligining tan olinishi;
taʼlim olish shaklini tanlash erkinligi;
taʼlim sohasida kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi;
taʼlim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
taʼlim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
taʼlimning uzluksizligi va izchilligi;
oʻn bir yillik taʼlimning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni bir yil davomida umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashning majburiyligi;
davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi;
oʻquv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida taʼlim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va isteʼdodning ragʻbatlantirilishi;
taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uygʻunligi;
taʼlim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik kabilar oʻrin oldi.
Qonunga koʻra endilikda taʼlim olish huquqi: taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish, taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va oʻquv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda amalga oshirish, ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) taʼlim olishni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlimni va boshlangʻich professional taʼlimni bepul olish, oilada yoki mustaqil oʻqish orqali taʼlim olgan fuqarolarga, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan oʻtgan davlat taʼlim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali taʼminlanadi.
Shuningdek, qonun chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ham haq-huquqlarini belgilab oʻtgan. Masalan, Qonunga koʻra, chet ellik fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Yangi qonunga koʻra taʼlim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha taʼlim va tarbiya;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
professional taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari taʼlim.
Qonunning yana bir eʼtiborga molik jihati bu taʼlim olish shakllarining zamon talablariga moslashtirilganidir. Masalan, Qonunning 15-moddasiga binoan taʼlim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual taʼlim;
oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga taʼlim berish;
inklyuziv taʼlim;
eksternat tartibidagi taʼlim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Yangi qonunda taʼlim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ham eʼtibor berilgani ham bejiz emas albatta. Sababi zamonaviy taʼlim deganda faqat zamonaviy taʼlim binosini emas, balki uning reyting koʻrsatkichlari, salohiyati, taʼlim oluvchilarning ijtimoiy himoyasi va boshqaruv borasidagi imkoniyatlari ham tushuniladi. Shunga koʻra, endilikda taʼlim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
taʼlim tashkilotining ustavi;
taʼlim berish tillari haqida maʼlumot;
davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari;
taʼlim faoliyatining moddiy-texnika taʼminoti haqida maʼlumot;
litsenziya (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun);
taʼlim tashkilotining reytingi;
taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasi toʻgʻrisidagi maʼlumot (oliy taʼlim uchun);
taʼlim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam koʻrsatishning mavjudligi va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot;
pedagoglar va taʼlim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, qabul qilingan yangi qonun zamon talablari va xalqaro tajribani hamda milliy anʼanalarimiz va tarixiy tajribamizni hisobga olgan holda qabul qilingan boʻlib, qonun taʼlim sohasidagi bugungi kunning koʻpgina savollariga javob topib bera oladi.

M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026