ŞÖRVA
Bekatdagi yölovçilarning hadeb:
– Qaçon haydaysiz avtobusni? – degan savollaridan çarçagan haydovçi yigit biroz tamaddi qiliş uçun yöl yoqasidagi örindiqqa borib ötirdi. Har yonga alanglab, har kuni ovqat olib keladigan xotinning yölini qarardi.
– Xolajon, menga har doimgiday uçta belyaşi bering, – söradi yigit. U çöntagidagi pulga qölini uzatar ekan, bexosdan, bu pul dadasining dorisiga deb qöygan eng sönggi puli ekani xayoliga keldi-yu, sekingina:
– Uzr xolajon, hozir qornim töq, belyaşini keyinroq yerman, – dedi-da, köp yillardan buyon qadrdon bölib qolgan avtobusi tomon yöl oldi.
– Töxtang bolam, pulingiz kerakmas! Şu şörvani yaxşilab içib oling, xöpmi, har kuni belyaşi tanovul qilaveriş joningizga tekkandir deb, bugun şörva ham olib kelgandim. Ayolning mehr aralaş aytgan bu sözlari yigitga xuddi onasini eslatdi... U qölidagi bir kosa qaynoq şörvani xöplab-xöplab içar ekan, özini xuddi bolalardek his etdi. Bu holatni kuzatib kelayotgan “Inomarka” maşina içidagi boşqa bir yigit öziça ğalati iljaydi. “Ha, öll, erkak bölib, qilib yurgan işingni qara. Ertalabdan keçgaça moyga botib, kirakaşlik qilib, içganing şörva böldimi?!”
U maşinasi gazini bosdi-yu, yölni yeldek uçib kesib ötar ekan, bexosdanmi yoki ataydanmi, bosib ötgan balçiği haydovçi yigitning kosasidagi şörvasiga saçradi. Yigit şörlik böğzini töldirib kelgan alamni bazör bosib, eşitilar-eşitilmas piçirladi: “Xudoga soldim...”
Birdaniga, quloqlarni qomatga keltirgan maşina töqnaşuvining ovozi bu yerdagi şovqinni bir on bosib ketdi... “Boyvaçça”ning “Inomarka”si şundoqqina burilişda ağdarilib yotardi. U qilgan işi uçun astoydil puşaymon edi. Bu halokat öşa loy saçragan şörvaning uvolimi, deb öyladi. Biroq afsuski, u endi haydovçiga turli taom olib bergan taqdirida ham çil-çil singan könglini tiklab bölmasdi...
Aziza MADRAHIMOVA,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶