25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:27
Jamiyat 👁 251

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA NOMZODLARNI SARALASh BOʻYIChA TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA NOMZODLARNI SARALASh BOʻYIChA TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining  taʼsis etilishi mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim voqea boʻldi. Bu mukofot iqtidorli qizlarni kashf etish, ularni qoʻllab-quvvatlash, orzu-intilishlarini amalga oshirish va jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishini taʼminlashda oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ushbu mukofot uchun oʻtkaziladigan tanlovni yanada takomillashtirish, mukofotni eng munosiblarga topshirish va qizlarimizning ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom, barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar yildan-yilga takomillashib, sifat jihatidan  yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Tumanimizda ham har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovini ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq, mazkur tanlov Nizomi talablari asosida olib borilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 


Tuman hokimligi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi hamda Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida mazkur tanlovning ilk bosqichi umumtaʼlim maktablarida va hududlarda boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 30-oktyabr sanasida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari, mamlakatimizdagi turli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan tumanimiz yoshlari, jamoat ishlarida oʻz tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etayotgan yoshlar hamda ularning ustozlari, ota-onalari ishtirok etishdi.
Shuni  alohida eʼtirof etish kerakki, Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur tanlov yangicha mezonlar orqali oʻtkazilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi  faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu Farmonga koʻra, 2018-yildan eʼtiboran Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berish boʻyicha yangi tartib joriy  etildi va 2018-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan iqtidorli qizga ushbu mukofot taqdim etila boshladi.
“Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi tadbirini tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova ochdi va barchani, shu jumladan tanlov ishtirokchilari boʻlgan qizlarni tanlovni oʻtkazish shartlari, yoʻl-yoʻriqlari hamda tanlov Nizomi talablari bilan tanishtirdi hamda ishtirokchi qizlarga muvaffaqiyat tiladi.


Bu boradagi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash, ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom koʻrsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi boʻlgan, har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos oʻrnini yana bir bor eʼtirof etish, barkamol, oqila, maʼnan kuchli ayol-qizlar avlodini voyaga yetkazish hamda yoshlarning fan, adabiyot, taʼlim sanʼat va madaniyatni, sport hamda jamoatchilik faoliyatini rivojlantirishdagi yutuqlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovning tuman bosqichi bu yil ham hayajonli taassurotlarga boy boʻldi. Yoshlarning milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarga eʼtiqodining yuksalishi yoʻlidagi ibratli hamda keng koʻlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini oʻzida aks ettirgan koʻrgazma namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Xususan, isteʼdodli va iqtidorli qizlarning hunarmandchilik, rassomlik va dizayn yoʻnalishlaridagi  ijod namunalari ishtirokchilarda tumanimizda yetuk ijodkor-hunarmand yoshlar shakllanayotganidan faxrlanish hissini uygʻotdi.


Tanlovning tuman bosqichida umumtaʼlim maktablari, oʻquv muassasalari hamda jamoatchilik vakillaridan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 70 nafar iqtidorli qizlar ishtirok etishdi. Tanlovining  tuman bosqichi gʻoliblari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha Nizom talablariga asosan yopiq ovoz berish orqali  aniqlanadi.
Shu kunning oʻzida tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan ishtirokchi qizlarning hujjatlari va erishgan yutuqlari aniqlik hamda shaffoflik tamoyiliga koʻra oʻrganib chiqildi va baholandi.
Ijod namunalari va hujjatlari  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha  Nizom talablariga munosib nomzodlarga mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026