21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 21:40
Maqolalar 👁 258

SÖNGGI MANZIL

SÖNGGI MANZIL

(Hikoya)

Buvim kuzning gözalligi xazonrezgilik boşlanib, yomğir şarros quyganda bilinadi, derdi. Nega bunday deganini şu kungaça tuşunmaganman.

– Kuz faslida yomğir şarros quygandan keyin rizvon hidi keladi-ya, – derdilar doim. Men  hayron qolardim, çunki Rizvon xolamdan bunday hid kelmasdi. Buni bir neça marta Rizvon xolam uyga kelganida xolamni qattiq quçoqlab, hidlab körgandim-da.

Bir kuni yomğir şunaqangi  yoğdiki, bunaqa yomğirni ertaklarda eşitib, kinolarda körganman. Osmonni qop-qora bulut qoplab olgan, ertalabki vaqt bölsa ham xuddi quyoş birdan botib, keç kirgandek, momoqaldiroqning qattiq gumburlaşidan osmon uzilib, yerga tuşadigandek edi. Çaqmoq çaqqanida oniy lahzada hamma yer yorişardi-yu, çaqmoq tingaç, yana qoronğilik hukmronlik qilardi. Yomğir tomçilari esa derazalarni, uy devorlarini, daraxtlarni ham, daraxtlardagi eng sönggi barglarni ham, yerni, qöyingki, uy taşqarisidagi barça narsa va buyumlarni ayamasdan savalardi. Bir zumda kölmaklar paydo böldi, ariqlar osmonning köz yoşlariga töldi. Xuddi kinolardagidek. Men azbaroyi qörqqanimdan buvimni quçoqlab ötirardim. Buvim derazadan taşqariga qarab yomğir yoğişini tomoşa qilardi. Tomoşa qilardi-yu lekin buvim heç narsani sezmasdi. Yomğirni tomoşa qilayotganini ham unutgandi, çunki buvim çuqur xayolga berilgandi. Buvimning meni quçoqlab turgan qöllari qaltirardi. Közlarida esa qandaydir tuyğular bilan kuraşardi, yuzida çuqur qayğu, alam, iztirob aks etgandi.

Yomğir uzoq vaqt yoğdi, buvim bilan sukut saqlagança yomğirni tomoşa qilardik. Buvimning quçoğida qança ötirdim, bilmayman, uyqudan uyğonganimda yomğir  tingan, taşqarida sokinlik hukmronlik qilardi. Bu sokinlik menga yoqmadi. Uyqudan uyğonsam ham örnimdan turiş yoqmay dangasaligim tutib yotganimda buvim:

– Bolam, turaqol, – dedi boşimni silab

Nonuşta paytida buvim qandaydir mahzun, uzrxonlik ohangida gap boşladi:

– Bolam, yanagi gal yomğir yoğganida bugungidek uxlab qolsang-u seni erkalab uyğotmasam, uyqudan turganingda meni topolmasang, mendan hafa bölmagin va meni uydan qidirma, – deb boşimdan silab bağriga bosdi.

– Nega buvijon, biron yerga ketasizmi?

– Rizvon hidini yomğirdan keyin sezayapman, ançadan buyon şunga... Yanagi gal ertalabgidek yomğir yoğganda Rizvon xolang tomon ketaman...

– Rizvon xolamning uyi uzoqmas-ku buvi, men uyğon-gunça kutsangiz birga borardik yoki uyga çaqira- qoling, buvijon.

Buvimning javobini kutmasdan:

– Uyqudan turgunimça kutolmasangiz, özim orqangizdan boraveraman, – dedim.

– Yöq bolam, hali senga vaqt bor, sen yoşsan, unaqa gaplarni hozirdan aytmagin, – dedi xavotir, qörquv bilan.

Oradan bir hafta ötgaç, yana yomğir yoğdi. Bu yomğir bir hafta oldin yoqqan yomğirdan kuçliroq edi. Buvimning Rizvon xolamning uyiga ketişi esimga tuşdi-yu, negadir uning xolamnikiga borişini istamadim. Yana öşa holatda ötirardim, bu gal buvim öyçan qiyofada emasdi. Qöllariyam qaltiramasdi.

– Buvi, Rizvon xolamning uyiga qaçon ketasiz? – dedim buvimning ketişini istamay.

– Sen uxlagandan keyin, dömboğim, – dedi boşimni silab. Bu gal buvim menga qarab ötirardi, men esa derazadan yomğir yoğişini köngil ğaşligim bilan tomoşa qilardim.

– Ertaga borsangiz bölmaydimi, buvijon? – dedim yalinçoqlik bilan.

– Bugun vaqti, bolam, – dedi öksik ovozda.

Men uxlamaslik uçun harakat qilsam ham baribir uyqu ustunlik qildi.

Qança uxladim, bilmayman, buvimning ovoziga öxşaş ovoz meni yiği aralaş uyqudan uyğotardi. Közlarimni bazör oçdim, oçdim-u hayron qoldim. Tepamda Rizvon xolam, köz yoşlari yuzini yuvardi. Men örnimdan turişni ham, yotaverişni ham bilmay qoldim. Xolam boşimga döppi kiydirib, hamon yiği aralaş ovozda: “mana bularni kiyib ol”, deb çopon va qiyiqçani menga berdi. Momoqaldiroq boşlanib, çaqmoq çaqib, yomğir yoğa boşladi. Rizvon xolamning: “bandalik”, deb bazör  aytgan sözi menga momoqaldiroq ovozidan ham kuçliroq eşitildi.

Qarşiğa ALIMBOYeVA, Daryo böyi mahallasi. Qipçoq OFY.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026