TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA YILNING ŞU KUNIGAÇA 42 MINGDAN ORTIQ DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATILDI
Hozirgi karantin şaroitida aholining soğliğini va tinçligini taʼminlaş maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazida qulay şaroitlar yaratilgan. Markazda fuqarolar oraliq masofani saqlagan hamda antiseptik vositalardan foydalangan holda qabul qilinmoqda.
Koronavirus, karantin sabab, fuqarolar köplab davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun masofadan turib murojaat qilişga odatlandilar. Lekin ayrim keçiktirib bölmaydigan xizmat turlari borki, uni markazga kelmay turib amalga oşirib bölmaydi. Ana şunday pallalarda öz jonini xatarga qöyib, aholiga davlat xizmatlarini körsatib kelayotgan davlat xizmatlari markazi xodimlarining körsatayotgan xizmatlarini har qança eʼtirof etsak arziydi.
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat xizmatlari markazi faoliyati yölga qöyilganiga köp vaqt bölmay, tumanimizda ham uşbu markaz uçun har jihatda qulay bölgan zamonaviy bino qurilib foydalanişga topşirilgan edi. Tuman Davlat xizmatlari markazida bugunga kelib, aholiga 100 dan ortiq turdagi davlat xizmati körsatib kelinmoqda.

Markazning kiriş qismida joylaştirilgan elektron navbat apparati odamlarning bir joyda köplab töplanib qolişi, tartibsizliklar kelib çiqişining oldini olişga xizmat qilmoqda. Çunki pandemiya davrida insonlarning xavfsizligi va soğliğini asraş juda muhim.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yil boşidan 42 mingdan ortiq davlat xizmatlari körsatilgan bölib, şu jumladan, 800dan ziyod tadbirkorlik subektlari davlat röyxatidan ötkazilgan, 150 ga yaqin tadbirkorlik subʼektlari qayta davlat röyxatidan ötkazilgan.
Bundan taşqari aholiga qulay muhit yaratiş maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini körsatiş amaliyoti yölga qöyilgan bölib, joriy yil boşidan 1700ga yaqin davlat xizmatlari sayyor tartibda körsatilgan bölib, 40 ga yaqin tadbirkorlik subʼektlari sayyor tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Xalqimizga yanada qulaylik yaratiş maqsadida markaz haftaning şanba kunida ham iş faoliyatini davom ettirişi tufayli fuqarolarning şu kuni ham davlat xizmatlaridan foydalanişiga imkon yaratildi.
Şuningdek, Davlat xizmatlari markazlarida körsatilayotgan davlat xizmatlari soni kun sayin oşib bormoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy sohadagi davlat xizmatlaridan foydalanişini yanada takomillaştiriş maqsadida ularning pensiya xisobida turişi yoki turmasligi, pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnomalarni beriş yölga qöyildi.
Markaz tomonidan bolalarni davlat maktabgaça taʼlim muassasasida navbatga qöyiş, köçmas mulk sohasida kadastr xizmatlari, arxitektura va quriliş sohasidagi, ijtimoiy soha böyiça pensiya xisobida turişi yoki turmasligi, pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnomalar va şu kabi boşqa turdagi davlat xizmatlari körsatilib kelinmoqda. Amalga oşirilayotgan buningdek çora-tadbirlar fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanişlarida har jihatdan qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶