NOYaBR OYINING IKKINÇI ÖN KUNLIGIDA QIZIL YaRIM OY JAMIYaTI JAMĞARMASIGA XAYRIYa MABLAĞLARI TÖPLAŞ ÖN KUNLIGI ÖTKAZILADI
Davlat hokimiyati va mahalliy öz-özini boşqaruv organlariga gumanitar va ijtimoiy sohalarda ixtiyoriy tarzda kömaklaşiş, millati, dini, jinsidan qatʼiy nazar, har bir şaxsning dardini yengillaştiriş, ijtimoiy himoya qiliş, aholining eng noçor qatlamlariga, jumladan, tabiiy va ekologik ofatlar, texnogen falokatlar, epidemiyalar va boşqa favqulodda vaziyatlarda xayriya va muruvvat yordami körsatiş, aholini insonparvarlik, mehr-oqibat hamda xalqaro “Qizil Yarim Oy” jamiyati harakati tamoyillari ruhida tarbiyalaş, ularni jamiyatning insonparvarlik harakatiga jalb qiliş maqsadida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyati mamlakatimiz hayotida öziga xos nufuzga ega.
Jamiyat yolğiz qariyalar, mehnatga layoqatsiz şaxslar, Ikkinçi jahon uruşi faxriylari, ijtimoiy kasalliklar bilan oğrigan bemorlar, ota-onasiz yetim qolgan bolalarga gumanitar, tibbiy yordam körsatişda, ularni parvarişlaşda, ijtimoiy-gumanitar xizmatlar körsatişda köpgina savobli işlarni amalga oşirib kelmoqda.
Şu boisdan ham mamlakatimiz böylab har yili noyabr oyining ikkinçi ön kunligida Özbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati hisob raqamiga mablağ töplaş xayriya ön kunligi ötkaziladi.
Tumanimizda ham Qizil Yarim oy jamiyati tuman taşkilotining hisob raqamiga mablağ töplaş xayriya ön kunligini uyuşqoqlik bilan ötkaziş yuzasidan tayyorgarlik işlari boşlanib ketdi.
Ön kunlikni uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida xar yilgidek tuman hokimining farmoyişi qabul qilinib, uşbu farmoyişga muvofiq xayriya ön kunligini ötkazişda jamiyatning tuman bölimiga kömaklaşuvçi işçi guruh tuziladi. Işçi guruh aʼzolari ayni kunlarda tumandagi korxona, taşkilot, muassasalarda xayriya ön kunligining ahamiyati haqida keng tarğibot işlarini olib bormoqdalar va xayriya mablağlarini töplaşga amaliy yordam körsatişmoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, baʼzi fuqarolar Özbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati faoliyati faqat tibbiyot xodimlariga aloqador, deb hisoblaşadi. Aksinça, jamiyat hisob raqamiga xayriya ön kunligida yiğilgan mablağ tumandagi eng mutoj oilalar, şuningdek, yolğiz keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar körsatişga sarflanadi.
Qadrli yurtdoşlar, savobli işga hissa qöşiş har birimizning burçimiz ekanligini doimo yodda tutişimiz lozim. Zero, xayr-saxovat inson uçun eng ezgu amaldir.
Ibodulla Nurimbetov, Qizil Yarim Oy jamiyati tuman bölimi ijroçi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶