AMUDARYoDA “YaNGI ÖZBEKISTON – YaNGIÇA DUNYoQARAŞ” ŞIORI OSTIDA TARĞIBOT TADBIRLARI BOŞLANDI
Mamlakatimizda yurtboşimiz taşabbusi bilan işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oşirilmoqda. Yoşlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş, kitobxonlikni tarğib qiliş, xotin-qizlar bandligini oşirişga qaratilgan 5 ta muhim taşabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.
Uşbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkaziş, tarğibot tadbirlarini “mahallabay” taşkil etiş va ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlarni samarali taşkil etiş maqsadida tuzilgan tarğibot guruhi tumanimizda böldi. Qoraqalpoğiston Respublikasida “Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş” şiori ostida ötkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlarda iştirok etuvçi madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalaridan iborat tarğibot guruhi aʼzolari tarkibiga Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari vakillari, Yozuvçilar uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligi vakillari jalb etildi.
Tarğibot guruhi aʼzolari 10-noyabr kuni tumanimizdagi Olmazor, Boyovul, Alişer Navoiy, Böston nomli mahallalardagi aholi vakillari bilan uçraşdilar. Mazkur uçraşuvlar 82-sonli maktabdan boşlanib, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi, tuman Tibbiyot birlaşmasi hamda 38-sonli maktablarda davom ettirildi.
Aytiş kerakki, mazkur tarğibot tadbirlarida qator samarali işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, aholi vakillari yurtimizda va dunyoda bölayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilinmoqda. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati jamoatçilikka taʼsirçan usullarda yetkazilmoqda.

Şuningdek, aholining kayfiyatini kötariş, ularda islohotlarga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaş, mehr-oqibat, şukronalik, özaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuçaytirişga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilişi yölga qöyilmoqda.
Qolaversa, aholi orasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida maxallalarda, taʼlim muassasalari va taşkilotlarda arzonlaştirilgan narxlarda kitob savdo yarmarkalari taşkil etildi. Aholi, ayniqsa, yoşlarning kitobxonlik madaniyatini oşirişga qaratilgan ikki bosqiçli – mahalla va tuman miqyosidagi “Eng kitobxon oila”, “Eng kitobxon öquvçi” kabi körik-tanlovlarni taşkil etiş va ötkaziş böyiça rejalar işlab çiqildi.
Tarğibot guruhlari tomonidan ötkazilayotgan tadbirlarda mahalliy aholi maʼlum qilingan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va takliflarni öz vaqtida körib çiqiş va amaliy yordam berişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qayd etiş joizki, Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan yoşlarga oid davlat siyosatini takomillaştiriş, yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning barkamol bölib voyaga yetişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş borasida bir qança muhim islohotlarlar olib borilib, amaliy işlar yölga qöyildi hamda muayyan natijalarga erişilmoqda. Şunga qaramay, bu borada bajariladigan işlar hamişa keng kölamli bölib, öz dolzarbligini saqlab qolaveradi. Mazkur islohotlarning uzviy davomi sifatida mahallalarda taşkil qilinayotgan keng qamrovli tadbirlarga aholi vakillari, ayniqsa, yoşlarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tarğibot-taşviqot tadbirlaridan yanada ulkan marralar közlangan.
Tumanimizga taşrif buyurgan tarğibot guruhi aʼzolari uçun barça zarur şaroitlar yaratilib, tadbirlarining öz vaqtida va yuqori saviyada ötkazilişiga kömaklaşişga sektorlar rahbarlari jalb qilindi.
Tarğibot tadbirlari davom etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶