TARĞIBOT GURUHI AʼZOLARI OVUL VA MAHALLALARDA KENG MIQYoSDAGI TADBIRLARNI ÖTKAZIŞMOQDA
Taniqli davlat arboblari, ijodkorlar, sanʼatkorlar, oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, öz faoliyatida köpgina yutuqlarga erişgan tadbirkor yoşlardan iborat tarğibot guruhi aʼzolari 14-noyabr kuni Bözyop ovulidan 10-sonli maktabda, Namuna mahallasidagi 52-sonli maktabda, Özbekiston mahallasidagi 44-sonli, Qizilçoli mahallasidagi 9-sonli, Bobur nomli ovuldagi 86-sonli maktablarda, Jumurtov şaharçasidagi “Zilola” kafesida, Jumurovul mahallasidagi 48-sonli maktabda, Oq oltin ovulidagi 7-sonli maktabda bölişib, aholi vakillari, öquvçi-yoşlar bilan uçraşdilar. Tarğibot guruhi aʼzolarini öquvçilar özlarining qöl mehnati mahsuli bölmiş biçiş-tikiş, töqiş namunalari, yurtimizning betakror manzaralari aks ettirilgan tasviriy sanʼat namunalari joy olgan körgazmalar, kontsert dasturlar, turli sport maşğulotlari namoyişlari bilan qarşi oldilar.
Tadbirlarda tarğibot guruhi aʼzolari mamlakatimizda inson omiliga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörliklar, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkaziş bilan bir qatorda aholining könglini kötarişga xizmat qiluvçi çora-tadbirlarni ham amalga oşirişmoqda. Aholi taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiq, raqslarni maroq bilan tomoşa qilib, madaniy hordiq çiqarmoqda. Şuningdek, kitob körgazmalari ham iştirokçilarda ulkan taassurot qoldirib, köngillarida kitobxonlikka rağbat uyğotayotir.
Tarğibot guruhi aʼzolari tomonidan ötkazilayotgan tadbirlarda mahalliy aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va takliflar sektorlar rahbarlari iştirokida örganilib, tezkor hal etiş yuzasidan amaliy işlar qilinmoqda.
Tarğibot guruhining tumanimiz aholisi bilan uçraşuvlari davom etmoqda.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶