25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:20
Jamiyat 👁 158

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA QANDAY HARAKAT QILISh ZARURLIGI XUSUSIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA QANDAY HARAKAT QILISh ZARURLIGI XUSUSIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

 Har yili kuz-qish mavsumi boshlanishi oldidan mavsumni talofatsiz oʻtkazish maqsadida, aholining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan rejali tadbirlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, aholi yashash joylariga oʻrnatilgan isitish tizimlarining sozligini nazorat qilish, mavjud  kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilib, tabiiy gaz, elektr energiyasidan samarali foydalanish boʻyicha aholiga zarur tushunchalar berilib, tabiiy gaz tarmoqlaridan olisda joylashgan aholi xonadonlaridagi koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan isitiladigan pechlarning moʻri hamda dudburonlarini tozalash yuzasidan zarur tavsiyalar beriladi.

Bu borada tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr tarmoqlari korxonasi, Gaz taʼminoti xizmati xodimlari hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, shuningdek, Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktyabr sanasidagi 605-sonli Qarori talablarini bajarish maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni tuman hokimligi binosi oldida tuman Favqulodda  vaziyatlar boʻlimi, Yongʻinga  qarshi kurashish jamiyati, elektr tarmoqlari korxonasi, gaz taʼminoti xizmati xodimlari, tuman  Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan tumanimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirish, kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda eng birinchi galda koʻriladigan chora-tadbirlar, yongʻin chiqqanda, odam is gazidan, koʻmir hididan zaharlanganda koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordam va qutqaruv ishlarini amalga oshirish  boʻyicha  koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.

Koʻrgazmali seminarda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, koʻp xonadonli uylar va koʻcha boshchilariga isitish, ventilyatsiya tizimlari, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlaridan foydalanishda amal qilinishi lozim boʻlgan tartib-qoidalar, odam koʻmir yoki is gazidan zaharlanganda, tok urganda, yongʻin chiqqanda qanday harakat qilishi lozimligi xususida tushuntirishlar olib borildi hamda ularga koʻrgazmali plakatlar va tavsiyanomalar berildi.

Koʻrgazmali seminardan soʻng, Mangʻit shahrining Farovon mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi. Xususan, kam taʼminlangan oilalarning elektr, gaz uskunalarida nosozliklar aniqlanib, mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tiklash-taʼmirlash ishlari olib borildi. Isitish pechlarining dudburonlari va moʻrilarida tozalash ishlari bajarildi. Fuqarolarga ich gazidan zaharlanish, favqulodda hodisalar va yongʻin kelib chiqishining oldini olish boʻyicha tushuntirishlar berilib, koʻrgazmali eslatma varaqalari tarqatildi.

Bu kabi koʻrilayotgan chora-tadbirlarning barchasi xalqimizning tinch, xotirjam va osoyishta yashashini taʼminlash, insonning hayot faoliyati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan. Zero, xalqimizning xotirjam va osoyishta hayoti mamlakatimiz taraqqiyotining asosidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026