DINIY EKSTREMIZMGA QARŞI KURAŞ BÖYIÇA SEMINAR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik umummilliy ğoyalarimizdan biri hisoblanadi. Bizga ajdodlarimizdan ulkan diniy-maʼnaviy meros qolgan. Buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Marğinoniy, Bahouddin Naqşbandiylar tomonidan yaratilgan fiqhiy, diniy-ahloqiy asarlar barça musulmon mamlakatlarida diniy-maʼrifiy işlarda dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Islom dini vujudga kelganiga mana 14 asr bölibdiki, u maʼrifat dini sifatida qadrlanmoqda. Ammo ming afsuski, diniy mutassiblikka berilgan, dinni hokimiyatni qölga kiritiş usuli sifatida körişga urinayotgan ayrim kimsalar islom dinini notöğri talqin qilib, özlarining ğarazli maqsadlari yölida foydalanib kelmoqdalar. Bugungi kunda jamiyat va davlat tinçligi, uning xavfsizligiga taxdid solişga urinayotgan turli xil diniy-ekstremistik oqimlarni aniqlaş, ularning noqonuniy faoliyatiga çek qöyiş maqsadida butun dunyo taraqqiyparvar kuçlari tomonidan hamkorlikda köplab tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda yer yuzida sönggi ön yillikda dunyoning 112 ta mamlakatida 14 ming 934 ta terrorçilik akti sodir etilgan.
Tuman Içki işlar bölimi masʼullari tomonidan Favqulodda vaziyatlar bölimi hamda Milliy gvardiya xodimlari iştirokida diniy ekstremizmga qarşi kuraş mavzusida ötkazilgan seminarda iştirokçilarga bu borada keng maʼlumot va tuşunçalar berildi. Xususan, mamlakatimizda diniy ekstremizmga qarşi kuraş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar hayotiy misollar orqali körsatib berildi.
Özbekiston hududida diniy ekstremistik taşkilotlarning faoliyati kuçayişi mustaqillikning ilk yillariga borib taqaladi, aynan sovet tuzumidan yangi mustaqil davlatga ötiş davridagi böşliq sabab ayrim hokimiyatparast kuçlar qözğalişga uringanlar. Ammo davlat huquqni muhofaza qiliş organlarining faol harakati bois, ularning faoliyatiga çek qöyilgan.
Bugungi kunda Özbekistonda 20 dan ortiq diniy-ekstremistik taşkilotlarning faoliyati taʼqiqlanib kelinmoqda. Ilm-fan rivojlanişi, axborot texnologiyalari sohasidagi yangi yutuqlar bois, XXI asr kiberterrorizmning kuçayişiga olib keldi va internet tarmoqlari orqali 100 mingdan ortiq diniy adovat, terrorizm, separatizmni tarğib qiluvçi materiallar insonlar ongini zaharlamoqda. Turli xil messenjerlar orqali özlarining puç ğoyalarini yoşlar ongiga singdirişga diniy ekstremistik taşkilotlar tomonidan harakat qilişlar kuçaymoqda. Ular internet tarmoqlari orqali öz tarafdorlarini köpaytirib, portlovçi moddalarning qanday tayyorlanişi, jihod amali haqidagi videodarsliklarni joylab, ularni kelgusidagi jihodiy harakatlarga daʼvat qilib kelmoqdalar. Terrorizm va ekstremizmning dunyo böylab yoyilişi içki va taşqi omillarga borib tarqaladi. Yaşaş hududidan uzoq muddatga çiqib ketayotgan ayrim fuqarolar, afsuski, diniy tuşunçasi zaifligi bois, baʼzi ekstremistik guruh aʼzolarining nişoniga aylanib, aldov qurboni bölmoqdalar.
Seminar davomidagi maʼruzalarda bu kabi salbiy holatlarning oldini olişda nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar, balki jamoat birlaşmalari, davlat va nodavlat taşkilotlar hamkorlikda profilaktik tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş lozimligi taʼkidlandi.
Şuningdek, hozirgi davrda missionerlik faoliyati bilan şuğullanuvçi guruhlar öz dinlarini yoyiş maqsadida har qanday davlatga özini niqoblagan holda kirib, fuqarolarni daʼvat etib kelişayotgani, Respublikamizda 120 dan ortiq konfessiyalar mavjudligi, ularning qonuniy faoliyatiga heç qanday tösqinliklar qilimayotgan bölsa-da, ayrim noislomiy konfessiyalar öz eʼtiqodlarini yoyişga urinayotganligi töğrisida söz yuritildi. Şu örinda masʼullar huquqni muhofaza qiluvçi organlarning faol xizmatlari davomida uşbu noqonuniy diniy konfessiyalarning faoliyatiga çek qöyilib kelinayotgani ham aytib ötildi.
Fuqarolarning bunday missionerlik faoliyati qurbonlariga aylanişining oldini oliş, barçani ogohlikka çorlaş, ularning diniy bilimlarini kengaytiriş maqsadida tuman IIB xodimlari, bir qator jamoat taşkilotlari va mahalla imom-xatiblari bilan hamkorlikda şu kabi tuşuntiriş işlarini olib borişmoqda.
Bölib ötgan seminarda ovul va mahallalar raislari hamda ularning örinbosarlari, şu barobarida aholining faol vakillari bilan tuman IIB, FVB hamda Milliy gvardiya xodimlari örtasida doimiy hamkorlikka amal qiliş, uyuşmagan yoşlar bilan işlaşiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, aholi bandligini taʼminlaşga asosiy eʼtibor qaratiş lozimligi taʼkidlandi.
Otabek Bekçanov, tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş guruhi kata tezkor vakili.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶