Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş
Joriy yilning noyabr oyida «Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş» ğoyasi ostida tarğibot tadbirlari bölib ötmoqda. Tumanimizda ham uşbu şior asosida taşkil qilinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tobora qizğin tus olmoqda.
Madaniyat, sanʼat, adabiyot, taʼlim namoyandalaridan iborat tarğibot guruhlari tumanimizdagi mahallalarda bölib, aholini yurtimizda va dunyoda bölayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilişmoqda. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkazişmoqda hamda xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida tarğib qilişmoqda.
16-noyabr kuni Çoyköl madaniyat markazida, Tölqin nomli mahalla guzari binosida, Döstlik nomli mahalladagi Amudaryo muhandislik texnikumida hamda Daryo böyi mahallasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan tadbirlarda mahallalardagi aholi vakillari katta qiziqiş bilan iştirok etdilar. Şuningdek, kunning ikkinçi yarmida Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktab binosida, Qipçoq ovulidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida, Amir Temur ovulidagi 4-sonli maktabda hamda Uyşin madaniyat markazida taşkil qilingan tarğibot uçraşuvlarida, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvçisini yöqotgan, kam taʼminlangan aholi vakillari hamda yoşlar keng jalb qilindi.
Aytiş kerakki, mahallalarda ötkazilayotgan madaniy-maʼrifiy, tarğibot tadbirlariga aholi, birinçi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilar, uyuşmagan yoşlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, birinçi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta eʼtibor qaratiş, şuningdek, islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş, uning har bir kişi hayoti, farzandlari kelajagiga taʼsirini tuşuntiriş maqsadida taşkil etilgan uşbu tadbirlarda adabiyot, sanʼat, madaniyat vakillari tomonidan şeʼrlar kuy va qöşiqlar ijro etilmoqda.
“Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş” şiori ostida yurtimiz böylab ötkazilayotgan tarğibot tadbirlarida yurtdoşlarimizga yangi Özbekistonning – yangiça yuksaliş yölida dadil odimlayotgani, Özbekiston buyuk allomalar va mutafakkirlar yurti ekani, kelgusida, albatta, ajdodlarga munosib avlodlar şu zaminda kamolga yetişi, erişilayotgan har bir yuqori natija xalqimizning mehnati hamda jasorati tufayli qölga kiritilayotgani haqida söz yuritilmoqda.
Tarğibot tadbirlari tumanimizning ovul va mahallalarida davom etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶