QURILIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILIŞ YuZASIDAN TARĞIBOT TADBIRLARI ÖTKAZILDI
Insonning tinç va xotirjam, emin-erkin yaşaşi uçun eng muhim va qulay şaroit uning xonadonidir. Şu bois, har bir kişi öz hayoti davomida heç bölmaganda bir marta imorat quradi. Albatta, quriliş-taʼmirlaş işlarini amalga oşirişda birinçi galda texnik xavfsizlik qoidalariga amal qiliş, qurilişda işlayotganlarining xavfsizligini taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.
Manğit şahrining Gulzor mahallasi hududida qad rostlayotgan 3 ta köp qavatli turar joy binosi qurilişida faoliyat yuritayotgan «Amudaryo maxsus quriliş» masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilarining texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilişi, elektr uskunalaridan foydalanişi hamda binolarda elektr, gaz payvandlaş işlarini qay darajada amalga oşirayotganlari örganildi. Örganişlar jarayonida yuqori qavatlarda taʼmirlaş-pardozlaş işlarini olib borayotgan quruvçilarga baland havozalarga çiqib işlaganda himoya kamarlaridan foydalaniş, elektr uskunalarini payvandlaş jarayonida u xonadan bu xonaga içki elektr tarmoqlarini ötkazişda xavfsizlik qoidalariga amal qiliş böyiça tuşuntirişlar va tavsiyalar berildi.
Şuningdek, Oybek nomli mahalla hududida «Qiz ketgan maxsus quriliş» masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan 150-örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi quruvçilarining amaliy işlari ham közdan keçirilib, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi mutaxassislari tomonidan «Quriliş işlarida xavfsizlik qoidalariga eʼtiborli böling!» mavzusida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi. Unda quruvçilarning har kuni işni boşlaşdan avval texnik xavfsizlik böyiça yöriqnomada belgilangan talablar yuzasidan sinovdan ötişi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Ayniqsa, içki elektr payvandlaş işlarini olib borayotganda simlarning oçiq qolişi köngilsiz oqibatlarga olib kelişi, elektr tokidan zararlaniş aksariyat hollarda inson ölimiga sabab bölişi, içki gaz tarmoqlarini asosiy tarmoqdan uzib, keyin payvandlaşni bajariş zarurligi, aks holda yonğin kelib çiqişi haqida keng tuşuntirişlar berilib, har qanday holatda xavf-xatarning oldini oliş baxtsiz hodisalar yuz bermasligi uçun eng muhim tadbir ekanligi amalda körsatib berildi.
Tumanimizda har yili bir neça hududlarda köp qavatli uylar bunyod etilib, xalqimiz hayotiga körk bağişlamoqda. Bunday körkam imoratlarni bunyod etayotgan quriliş taşkilotlari işçi-xizmatçilari, şuningdek, yollanma pudratçi-quruvçilarning xavfsizligini taʼminlaş, iş jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilişlariga alohida eʼtiborli böliş, ularga bu borada zarur yöl-yöriqlar va tuşunçalar beriş köngilsiz holatlarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
B.Allabergenov, tuman FVB NTB boşliği, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶